Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Qaror qabul qilish tamoyillari. Boshqaruvga oid qaror qabul qilish
faoliyati juda tayinli tamoyillarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Amaliyotda keng tarqalgan tamoyillar quyidagilar: – yakkaboshchilik, bunda qaror yakkaboshchilik asosida qabul qilinadi. Agar shu qaror yaxshi deb topilsa, menejment nuqtai nazaridan u o‘rinli deb hisoblanishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, bu xildagi qarorlar asoslangan tanqidga uchrab turadi. Bu shunga bog‘liqki, menejerlar o‘zlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lib, yakkaboshchilik bilan qaror qabul qilishadi. Ana shunday menejerlar xatti-harakatlarining 90 foizga yaqini buyruqdan iborat bo‘ladi. Bu narsa ishchi guruhlarda keskinlikni yuzaga keltiradi. Boshqaruv ishi obro‘-e’tiborga asoslanib olib borilganda, shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch yo‘qolib qolishi va janjallar ko‘p bo‘lib turishi bilan ta’riflanadi; – yakdillik – bunday tamoyilning bozor munosabatlari sharoitida to‘la namoyon bo‘lishi qiyin. U mohiyat-e’tibori bilan oldinga surilayotgan muqobil fikrni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bunday bo‘lishi juda kam uchraydigan hodisadir. Chunki qarorlarni qabul qilishda qatnashadigan kishilar demokratik uslubda fikrlash tarafdorlari bo‘lsalar, odatda boshqalarnikidan farq qiladigan o‘z fikrlariga ega bo‘ladilar; – ko‘pchilik – bu tamoyil «kaolitsiyalar» ro‘yi-rost ma’lum bo‘lib turgan vaziyatlarda, ya’ni qarorni ishlab chiqish jarayonida ham ayrim shaxslar, ham guruhlar tomonidan bildirilgan har xil fikrlar raqobat 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȼɚɬɚɧ ɪɚɜɧɚԕɢ ɭɱɭɧ ԟɚɪ ɛɢɪɢɦɢɡ ɦɚɫɴɭɥɦɢɡ. Ɍ. 9. – Ɍ.: “ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ” , 2001. – Ȼ. 422. 275 qiladigan mahalda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan qaror qabul qilishda ovoz berish yo‘liga o‘tiladi. Qaror qabul qilish uchun aksariyat ko‘pchilikning ovozi yetarlidir, gohida ba’zi prinsipial masalalar yuzasidan me’yor 2/3 deb tasdiqlanadi; – konsensus, bu tamoyilning paydo bo‘lishi bir qancha omillarga bog‘liq. Birinchidan, bu – boshqaruvni demokratlashtirish jarayonining chuqurlashib borishidir. Fikrlar plyuralizmi (xilma-xilligi) sharoitida hal etiladigan muammolarni o‘zlaricha talqin etadigan, tasavvur qiladigan kishilarning qandaydir bir guruhiga yoki ayrim kishilarga tazyiq o‘tkazish mumkin emas. Tarbiya ko‘rgan demokratik jamiyat o‘ziga shunday muomala qilinishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchidan, bu axborot oqimining tobora zo‘rayib borayotgani va qaror qabul qilishning texnik-iqtisodiy sharoitlari murakkablashayot- ganidir. Bularning unisi ham, bunisi ham har bir fikrga, g‘oyaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishini, har bir insonga samimiylik bilan e’tibor berishni talab qiladi. Konsensus qarorlarini ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish, kelishishdir. Bu narsaga o‘zaro fikr almashinish va maslahat qilish, shuningdek oldinga surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirish- ning har xil usullarini qo‘llash bilan erishiladi. O‘z mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkor, qanday sohada bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi lozim: 1) bozor nimaligini va unda qanday dastaklar va qonunlar, xususan qiymat, talab va taklif, raqobat qonunlari qanday amal qilib berishini yaxshi tasavvur etmoq zarur; 2) tovarlar (ishlar va xizmatlar) bozorda o‘z o‘rnini topishni, qancha ehtiyoj qondirilmay, qolganini «hisoblab chiqishni» va nisbatan qisqa muddatlarda talabni qondirishni bilish va uddalash zarur. Buning uchun tadbirkor kishi qaysi mintaqada ish boshlashni niyat qilgan bo‘lsa, o‘sha mintaqadagi marketing tadqiqotlari asoslarini egallab olmog‘i kerak; 3) tadbirkorlik faoliyatini uning obyektlari qaror topgan paytdan boshlab tartibga solib boradigan normativ aktlar, qonun-qoidalar mazmuni o‘zlashtirib olmoq zarur. Soliq tizimining huquqiy bazasini, budjetlar, sheriklar, yollanma xodimlar va ishga aloqador boshqa subyektlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarga tegishli qonunlar bajarilmaganligi uchun zimmaga tushadigan javobgarlikni aniq bilish zarur; 276 4) ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, biznes-rejani shakllantirish mexanizmini, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yaxshi tasavvur qilmoq lozim. Tadbirkor kishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni tayyorlash texnologiyasini, uning xossalarini, uni sotish, realizatsiya qilish imkoniyatlarini bilishi kerak; 5) boshqarish asoslarini, osoyishtalik, mojarolarsiz ishlash imkoniyatlarini o‘zlashtirib olmoq zarur. Ishlab chiqarish menejmentining asoslarini egallab olish muvaffaqiyatga erishmoq uchun katta ahamiyatga ega; 6) tadbirkorlik etikasiga, ya’ni odob-axloq qoidalariga alohida e’tibor bermoq va o‘z xatti-harakatlari bilan firma xatti-harakatlarini axloq-odob nuqtai nazaridan baholab ko‘rmoq lozim. Axloqiy munosabatlar xodimlar, jamiyat, davlat bilan bo‘ladigan butun muomala tizimiga daxldordir. Jamiyatning ma’naviy-axloqiy mezonlari va qadriyatlariga, rasm-rusumlariga asoslanib, firmaning axloqqa doir kodeksini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Boshqaruv maqsadi va boshqaruv funksiyalari. Maqsad – bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularining ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz: • bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; • faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi; • faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo‘naltiradi; • u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; • pirovard natijamizni baholash me’yorini belgilaydi va h.k. Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan: • boshqarish funksiyalari; • boshqarish usullari; • boshqarishning tuzilmaviy tarkibi; • lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi. Boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy talablar: 1) maqsad bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak: • agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo‘lni tanlashga ham hojat qolmaydi; 2) maqsad real va bajarilishi mumkin bo‘lishi kerak; 277 3) maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak: miqdoran o‘lchovga, me’yorga ega bo‘lmagan maqsad – bu sarob; 4) maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lmog‘i darkor; 5) maqsad bo‘limlar va mas’ullar bo‘yicha detallashtirilgan bo‘lishi kerak. Yuqoridagilarga asoslanib quyidagi asosiy xulosalarni bayon etamiz: 1) menejment – boshqaruv san’ati va mahoratidir. Boshqaruv resursi turli tarixiy davrlarda va, ayniqsa, bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. G‘ijjakchi musiqasini ma’lum maromda o‘zi boshqara oladi. Biroq orkestr uchun albatta dirijor zarur; 2) boshqaruv deganda, eng avvalo, inson faoliyatini boshqarish tushuniladi. Boshqaruv samarali faoliyatni ta’minlaydi. U albatta jamiyat, jamoa uchun naf keltiradi; 3) boshqaruv rahbar faoliyati bilan bog‘liq. Shu bois, menejerlikning obyekti va subyekti mavjud. Uning obyekti boshqari- luvchi obyekt, vaziyat, voqelik. Subyekt esa boshqaruv organi yoki rahbarlik. Boshqaruv turli sohaviy darajalarda amalga oshiriladi (davlat, viloyat, tuman, konsern, firma, tashkilot va h.k.); 4) boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilish maqsadida turli uslublar qo‘llaniladi. Alohida boshqaruvda kasbiy tayyorgarlikni amalga oshiruvchi fanlar, ko‘proq menejment fani o‘rganiladi; 5) boshqarishning huquqiy vositalari deganda, ijtimoiy munosa- batlarga yuridik, qonuniy ta’sir o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan huquqiy normalar majmui tushuniladi. Bu borada quyidagi huquqiy sanksiyalar qo‘llaniladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling