292
7. Siz o‘zingizni rahbar bo‘lishga loyiq deb o‘ylaysizmi?
8. Sizningcha, rahbarlik qobiliyati nimalarda ko‘rinadi?
9. Rahbarlik kasbmi yoki maxsus qobiliyatning namoyon bo‘lishimi?
10. Firma faoliyatida marketingning zarurligini tushuntiring.
11. Yaponiyada nima uchun ishdan bo‘shatishni
eng oliy jazo deb
biladilar?
Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Menejment (ingl. management –
boshqaruv, tashkilotchi) – firma
faoliyatining bozor sharoitiga moslashib turishida katta ahamiyatga ega
faoliyat. Keng ma’noda menejment maxsus boshqarish faoliyatini bildiradi.
Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish
jarayonidir.
Menejment subyekti – boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning
rahbarlari, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar – boshqaruvchilardir.
Menejment obyekti – boshqariluvchi hodisa va voqelikdir (mamlakat,
viloyat, tuman, shahar, konsern, xolding, iqtisodiyot,
ishlab chiqarish, firma,
xodimlar).
Boshqarish funksiyasi – u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq
vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: