Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Ichki milliy mahsulot – moddiy xarajatlar = SMM


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ichki milliy mahsulot – moddiy xarajatlar = SMM. 
Sof milliy mahsulot – egri soliqlar = MD. 
Milliy daromad – ijtimoiy sug‘urta ajratmalari – korxona foydasiga 
soliqlar – korxonada foydani taqsimlagandan keyin qolgan foydasi 
taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to‘lovlar = shaxsiy daromad. 


 302
Shaxsiy daromad – shu daromad hisobidan daromad soliqlar = soliqlar 
to‘langandan keyingi daromad deb nomlanadi. 
Yalpi milliy mahsulotni hisoblash usullari. Milliy mahsulotni 
hisoblashda milliy hisob tizimidan foydalaniladi. 
Milliy hisoblar – bu YAMM ishlab chiqarish, milliy daromadni 
hisoblash, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni xarakterlaydigan 
o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimidir. Milliy 
hisoblar tizimi deganda, mamlakatdagi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarda sarflangan xarajatlarni va ishlab chiqargan mahsulot 
va xizmatlarni hisoblash (buxgalteriya) majmuini tushunish zarur. 
Bunday hisoblar xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-
yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan 
oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizim keng 
qo‘llaniladi. 
Milliy hisoblar asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga 
daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik 
birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning 
boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta 
guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof 
eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yoridagi – muvozanatli 
holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. 
YAMM (IMM) uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 
Birinchi usul – bu YAMMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar 
bo‘yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari 
bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YAIM tarmoq 
va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAMM 
(IMM) alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini va 
hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul – bu YAMM (YAIM)ni hisoblashga sarf-xarajatlar 
bo‘yicha yondashuv. 
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar 
hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy 
iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida 
xo‘jalikning uchta subyekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda 
tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling