Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Uy xo‘jaliklarining iste’molchilik sarflari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Uy xo‘jaliklarining iste’molchilik sarflari. Bu kundalik tovarlarga
xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va 
boshqalarga qilinadigan sarflardir. 


 303
Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi 
jamg‘arishga qiladigan sarflardir. Investitsion sarflar acocan uchta 
qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, yskuna va 
stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; c) zaxiralarning 
o‘zgarishi. 
Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga 
kiritilish sababi aniq, qurilishlarning uning tarkibiga kiritilishi, o‘z-
o‘zidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki g‘alla ombori qurilishi 
investitsiyalar shakli hisoblanadi. 
YAIM tarkibiga zaxiralarining ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, 
lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha 
aytganda, YAIM o‘z ichiga yil davomidari zaxiralar va ehtiyojlar barcha 
o‘sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning by o‘sishi YAIMra joriy 
ishlab chiqarish hajmi ko‘rcatkichi sifatida qo‘shiladi. Zaxiralar 
kamayganda, u YAIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zaxiralarning 
kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan 
ko‘proq mahsulot sotilganini bildiradi. Boshqacha aytganda, jamiyat 
mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha 
oldingi yillardan qolgan zaxiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi. 
Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va «ichki 
investitsiyalar» tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki 
investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga 
oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. Yalpi investitsiyalar o‘z ichiga 
joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uskuna 
va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan barcha investitsion 
tovarlar ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar 
hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar 
mohiyatiga ko‘ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash so‘mmasidan 
va investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan 
«sof xususiy ichki investitsiyalar» tushunchasi joriy yil davomida 
qo‘shilgan investitsion tovarlar so‘mmasini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya (shu yili ishlab chiqarish 
jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital hajmi) o‘rtasidagi nisbat, 
iqtisodiyot yuksalish, turg‘unlik yoki tanazzul holatida joylashganligini 
tavsiflab beruvchi ko‘rsatkich (indikator) hisoblanadi. 
Yalpi investitsiyalar amortizasiyadan ortiq bo‘lsa, iqtisodiyot 
yuksalish bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o‘sadi.


 304
Turg‘un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng bo‘lgan 
vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda YAIMni ishlab 
chiqarish jarayonida iste’mol qilingan vositalarni qoplash uchun zarur 
bo‘lgan miqdorda asosiy kapital ishlab chiqarishni bildiradi. Boshqacha 
aytganda, sof investitsiyalar taxminan nolga teng bo‘ladi, ishlab chiqarish 
quvvatlari kengaymaydi. 
Yalpi investitsiyalar amortizasiyaga qaraganda kam bo‘lsa, ya’ni 
iqtisodiyotda ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko‘proq iste’mol 
qilinca, noqulay vaziyat vujudga keladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotda 
investitsiyalarning qisqarishi po‘y beradi. By yil oxirida kapital hajmi 
boshida mavjud bo‘lgandan kam bo‘lib qolishiga olib keladi. Masalan, 
«Buyuk turg‘unlik» davrida, aniqrog‘i 1933-yil AQShda yalpi 
investitsiyalar hammasi bo‘lib 1,6 mlrd. dollarni, yil davomida iste’mol 
qilingan kapital – 7,6 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Shunday qilib, 
investitsiyalarning sof qisqarishi 6 mlrd. dollarga teng bo‘lgan. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling