Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


 Hududiy (territorial) mutanosibliklar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish 
mamlakat ayrim hududlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham taqozo qiladi. 
Yuzaki qaraganda hududlar o‘rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat 
iqtisodiy rivojidagi roli to‘liq namoyon bo‘lmaydi. Lekin alohida hududiy 
bo‘linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar)ning bir-
biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‘liqligi, ixtisoslashish, ishlab 
chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai nazaridan qaralsa, bu 
bog‘liqlikning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi. 
5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat 
taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari xalqaro 
mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog‘langan, ikkinchidan, shu 
bog‘liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar 
tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‘z 
iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga 
qondiradi. Bu bog‘liqlik qanchalik katta bo‘lsa, sof eksport hajmi orqali 
makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab 
chiqarishning muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar 
ko‘zda tutiladi: 
¾ mamlakatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslardan samarali 
foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish; 
¾ to‘la bandlikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo‘lgan 
va ishlashni xohlaganlarni to‘liq va samarali ish bilan ta’minlash; 
¾ narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflatsiya 
ta’siridan xoli qilish; 
¾ iqtisodiyotning bir maromda o‘sib borishini yetarli darajada 
investitsiya bilan ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog‘lab 
borish; 
¾ eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo 
balansining faolligiga erishish. 
Bu maqsadlar faqat ularga intilish bo‘lib, bunga erishish muqarrar 
ekanligini bildirmaydi. Chunki mutlaq muvozanatga erishish mumkin 
emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o‘sish notekis 
boradi. 


 320
O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish vazifalari. 
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida 
nomutanosibliklar bo‘lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini 
muqarrar qilib qo‘yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish 
yo‘lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanishda butunlay 
inqirozga uchrashga chap berish uchun ishlab chiqarish va 
chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o‘zgartirishga, ya’ni tanglik holatlariga 
barham berishga yo‘naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda 
tutilgan maqsad, eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, 
ishlab chiqarish keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy 
ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ldi. Shu bilan 
birga, bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining 
oldini olish, mamlakat to‘lov balansini bir me’yorda saqlash kabi 
maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. 
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon 
tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish 
sohalariga ustunlik berildi. «Barqarorlashtirish siyosati, – degan edi 
Prezident Islom Karimov, – eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda 
muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va 
ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u pul 
qadrsizlanishining, pul emissiyasining boshqarilishini ta’minlash, to‘lov 
balansini bir me’yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko‘zlab olib 
boriladigan siyosatdir». Moddiy ishlab chiqarish sohalarining 
rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko‘zda tutildi. 
Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo‘lgan, butun xalq xo‘jaligining 
rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga 
qaratildi. 
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab 
chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo‘lib 
qoladi. Shu sababli respublikada 90-yillarning o‘rtalaridayoq 
makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlarining 
pasayishini sekinlashtirishga moyillik ko‘zga tashlanadi, ayrim 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa o‘sishga erishildi. Iqtisodiyotning ikkita 
yetakchi tarmog‘i – sanoat va qishloq xo‘jaligini isloh qilish va qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan tadbirlar natijasida sanoatda 1995-yildayoq 
qishloq xo‘jaligida, 1997-yilda ishlab chiqarishning orqaga ketishi 
to‘xtatilganini eslash lozim. 


 321
Makroiqtisodiy barqarorlik siyosatida 1997-yil keskin burilish davri 
bo‘ldi, islohotlar amalga oshirilgan davr davomida birinchi marta yalpi 
ichki mahsulotning o‘sishi (105,2 foiz) aholi sonining o‘sishidan (101,8 
foiz) yuqori bo‘ldi
1
. Bu ijobiy tamoyillar 1998 va undan keyingi yillarda 
mustahkamlab borildi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan 
modernizatsiya strategiyasi bugunga kelib izchil iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini ta’minladi. Ushbu strategiya iqtisodiyotning real sektorini 
qo‘llab-quvvatlashga, mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkam-
lashga, iqtisodiy subyektlarni soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va 
unifikatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga, aholining bandlik 
muammosini hal etishga yo‘naltirilgan tadbirlarga, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, oqilona investitsiya siyosati 
natijasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan investitsion loyihalarga, 
amalga oshirilayotgan oqilona pul-kredit siyosatiga, yerlarimizning 
meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlarga, iqtisodiyotning moliya-bank sektorini mustahkamlashga, 
mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga qaratildi. 
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar, 
tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo‘jalik majmuining 
bunyod etilganligi, birinchi navbatda, eng muhim makroiqtisodiy va 
takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan samarali tartibga 
solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning 
tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga 
qaratiladi. Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar 
turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf 
etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali 
foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot turini o‘zgartirish, uning sifatini yaxshilash va 
mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari 
ham hisobga olinadi. Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgartirishlar, chetdan 
mahsulot olib kelishni qisqartirish, xalq xo‘jaligining xom ashyo 
yetishtirishga qaratilgan bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etish va 
uning eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy 
jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida 
iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash 
vazifalarini hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi. Shu vazifalardan 
1
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining ma’lumotlari.


 322
kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o‘zgarishlar – respublikaning 
energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlovchi tarmoqlarni 
rivojlantirishga qaratildi. Bunda, birinchi navbatda, eng muhim o‘zak 
tarmoqlarni – neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya 
sanoatini, mashinasozlik majmuini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat 
majmuining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi. 
Xalq xo‘jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan 
o‘zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol 
bilan jamg‘arish fondi o‘rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash 
asosiy o‘rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish – 
ichki bozorda talab bilan taklif o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlaɳda
muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror 
ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko‘proq 
e’tibor berdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiyotni barqa-
rorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining 
muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari 
tarmoqlarini ustuvor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi. 
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol 
investitsiya siyosatini o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli 
respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda 
o‘z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning 
barcha manbalaridan o‘rinli foydalanish ko‘zda tutildi. Tashqi 
investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat 
qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi 
mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish 
mumkinligi hisobga olinadi. 
Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini 
qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash 
uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish sifatida qaraldi. 
Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini 
izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish tomon 
yo‘l tutilgan hozirgi sharoitda ham «iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni 
izchil davom ettirish»
1
iqtisodiyot sohasidagi eng muhim vazifalardan biri 
hisoblanadi.
1

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling