Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda investitsiyaning ahamiyati
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɉɡɨɞ ɜɚ ɨɛɨɞ ȼɚɬɚɧ, ɷɪɤɢɧ ɜɚ ɮɚɪɨɜɨɧ ԟɚɺɬ – ɩɢɪɨɜɚɪɞ
ɦɚԕɫɚɞɢɦɢɡ. Ɍ. 8. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2000. – Ȼ. 15. 323 Bu, o‘z navbatida, boy tabiiy zaxiralarimiz, mineral xom ashyo, mehnat resurslarimiz, intellektual hamda ilmiy texnikaviy salohiya- timizdan to‘liq va samarali foydalanishni taqozo etadi. Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish mahalliy xom ashyo va tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur. Yangi bosqichda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirishga alohida e’tibor beriladi. Chunki, bu soha yangi ish joylarini yaratishning muhim omili bo‘lishi bilan birga, aholi turmush darajasining o‘sishi, uning rivojlanish darajasiga bog‘liq. 3. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda investitsiyaning ahamiyati Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi. Shu ayonki, har qanday jamiyatda o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o‘sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o‘sish deganda, iqtisodiy ravnaq, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi bo‘lib, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko‘payib borishini anglatadi. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi. Iqtisodiy o‘sishni ikki darajada olib qarash mumkin. Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o‘sish. Mikroiqtisodiy o‘sish firma, korxona va tarmoq miqyosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o‘sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Makroiqtisodiy o‘sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM) ko‘payishini bildiradi. YAMM hajmi iqtisodiy o‘sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy rivojlanish o‘z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‘zgarishlarini, ijobiy va salbiy tomonlarni olib, notekis boradi. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ifodasini real YAMM (YAIM) hajmining va uning aholi jon boshiga 324 ko‘payishida topadi. Shuni aniq tasavvur qilish kerakki, mahsulotlar va xizmatlar g‘oyat xilma-xil bo‘lganidan ularning yagona moddiy o‘lchami bo‘lmaydi. Yagona o‘lcham vazifasini bozor narxi bajaradi. Qanday ish bajarilmasin, qanday mahsulot yaratilmasin, uning hajmi falon pulga teng deb hisoblanadi. Shu sababli YAMM ham ikki usulda hisoblanadi. Birinchi usulda xarajatlar jamlanadi, ya’ni barcha iste’molchilarning tovar va xizmatlarni sotib olishga sarflangan puli jamlanadi. Ikkinchi usulda – tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul daromadlari jamlanadi. Iqtisodiy o‘sish esa, YAMMning real hajmi bilan o‘lchanadi. Gap shundaki, uning qiymat – pul shakli narxlarga bog‘liq. YAMMning moddiy hajmi o‘smasa-da, inflatsiya ta’sirida narx oshsa, uning qiymat- pul miqdori ortib ketadi. Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto cheklanish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: «Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida gapirganda ... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko‘rsatkichlariga ko‘proq e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‘z bilan aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim». Shunday ekan, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling