Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

birinchidan, unda jamiyat ehtiyojlari bilan milliy ishlab chiqarish 
imkoniyatlari, ya’ni mavjud iqtisodiy resurslar darajasi o‘rtasidagi 
bog‘liqlik tushuntirib berilmaydi; 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɛɭɸɤ ɤɟɥɚɠɚɤ ɫɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1998. 
– Ȼ. 350.
2
Qarang: ɗɤɨɧɨɦɢɱɟɫɤɚɹ ɬɟɨɪɢɹ: ɍɱɟɛɧɨɟ ɩɨɫɨɛɢɟ / ɉɨɞ ɨɛɳ. ɪɟɞ. ɇ.ɂ.
Ȼɚɡɵɥɟɜɚ. – Ɇɢɧɫɤ, 2000. – ɋ.126.


 313
ikkinchidan, muvozanatlik resurslardan foydalanish usullari bilan 
ularning taqsimlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik sifatida bir tomonlama talqin 
qilinadi. 
Boshqa nazariyotchilar iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning 
shunday bir holatiki, bunda tovarlar va xizmatlarni yaratishda 
foydalaniladigan cheklangan ishlab chiqarish resurslari va ularni 
jamiyatning turli a’zolari o‘rtasida taqsimlanish jarayoni mos kelishi 
lozim, ya’ni resurslar va ulardan foydalanish natijalari, ishlab chiqarish va 
iste’mol, talab va taklif, moddiy buyumlashgan va moliyaviy oqimlar 
o‘rtasida yalpi mutanosiblik mavjud bo‘ladi
1
, degan fikrni ilgari suradi. 
Bizningcha, «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining mazmuni 
haqida gapirganda, ishlab chiqarishning natijalari uning pirovard maqsadi 
«jamiyat ehtiyojlari» bilan bog‘langanligiga e’tibor qaratish kerak. 
Ko‘pchilik hollarda makroiqtisodiy muvozanatlikka yuzaki yondashib, 
umumiy (abstrakt) ta’rif berilsa, ayrim adabiyotlarda unga milliy 
mahsulot va milliy daromad alohida qismlari, mahsulotlar va daromadlar 
o‘rtasidagi ma’lum bir nisbat (makroiqtisodiy nisbat) sifatida qaraladi
2
.
Ko‘pincha iqtisodiy muvozanatlik bozor muvozanatini xarakterlovchi 
yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbat sifatida ham talqin qilinadi. 
Yuqoridagi barcha qarashlarni umumlashtirib, «iqtisodiy muvozanat» 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: iqtisodiy muvozanat – 
bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy 
resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda 
tarkibining o‘zaro mos kelishini xarakterlaydi.
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi 
(mikro va makro) turli muvozanatlarni qamrab oladi. Shartli ravishda 
umumiy va xususiy muvozanatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin (1-
chizmaga qarang). Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatni 
ancha to‘liq darajada ifodalaydi.
Umumiy muvozanat – bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, 
davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o‘zaro mos 
kelish darajasini bildiradi. Qiymat ifodasida bu muvozanat yalpi talab va 
yalpi taklifning nisbati orqali namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotda ro‘y 
beradigan barcha o‘zgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi 
1
Qarang: ɋɚɠɢɧɚ Ɇ. Ⱥ., ɑɢɛɪɢɤɨɜ Ƚ. Ƚ. ɗɤɨɧɨɦɢɱɟɫɤɚɹ ɬɟɨɪɢɹ: ɍɱɟɛɧɢɤ
ɞɥɹ ɜɭɡɨɜ. – Ɇ., 1998. – ɋ. 267.
2
Qarang: Ɇɟɧɶɲɢɤɨɜ ɉ. ɇɨɜɚɹ ɷɤɨɧɨɦɢɤɚ. – Ɇ., 1999. – ɋ. 199.


 314
taklifdagi o‘zgarishlar orqali ifodalanadi. Yalpi talab tovarlar bozorida 
taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan barcha alohida 
talablar yig‘indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi talab va yalpi 
taklifning tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati 
o‘rtasidagi o‘zgarishining mumkin bo‘lgan har xil variantlari mavjud 
bo‘ladi. Jumladan: 
• yalpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va 
baholarning o‘sishi bilan birga boradi; 
• yalpi talabning tushishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va 
baholarning pasayishi bilan; 
• yalpi taklifning ortishi. Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan 
birga boradi va baholarning tushishini keltirib chiqaradi; 
• yalpi taklifning kamayishi va shunga mos ravishda ishlab 
chiqarishning qisqarishi, baholarning o‘sishiga olib keladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling