Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMni sotib olishga sarflar
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari (1999–2010-yillar)
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMni sotib olishga sarflar
hajmi = mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMdan olingan pul daromadlari summasi. Mahsulotni ishlab chiqarishga nima sarflangan bo‘lsa, bu mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga o‘zining ishchi kuchi va moddiy resurslarini bozorda sotishga qo‘yganlari uchun daromad hisoblanadi. 1-jadval O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari (1999–2010-yillar) 1990-yilga nisbatan foiz hisobida O‘lchov birligi 1990- yil 2000- yil 2010- yil 2000- yil 2010- yil Yalpi ichki mahsulot (xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha) million dollar 27106 35277 92326 1,3 marta 3,4 marta Sanoatning YAIMdagi ulushi foiz 17,6 1 14,2 24,0 x x Qishloq xo‘jalik mahsulotlari milliard so‘m 11,1 2 1387 15811 100,6 182,9 Qishloq xo‘jaligining YAIMdagi ulushi foiz 33,4 30.1 17,5 x x Qurilish ishlari milliard so‘m 4,2 2 388,4 8245,8 86,9 2,3 marta 306 Chakana savdo aylanmasi milliard so‘m 19,8 2 1788 21873 99,2 2,8 marta Xizmatlarning YAIMdagi ulushi foiz 33,8 37,0 49,0 x x Kichik biznesning YAIMdagi ulushi foiz 0 31,0 52,5 x x Asosiy kapitalga investitsiyalar million dollar qiyma- tida 833,8 3142,5 9712,7 3,8 marta 11,6 marta YAIMga nisbatan foizda foiz 18,0 22,9 25,0 x x Tovarlar va xizmatlar eksporti million dollar 442,7 3265 13045 7,4 marta 29,5 marta YAIMga nisbatan foizda foiz 3,3 24 33,5 x x Tovarlar va xizmatlar eksporti million dollar 362,9 2947 8800 8,1 marta 24,2 marta YAIMga nisbatan foizda foiz 2,7 21,4 22,6 x x Tashqi savdo saldosi million dollar 79,8 317 42,45 x x 1 Asosiy ulushni umumittifoq bozori uchun xom ashyo va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish egallagan. 2 Milliard rubl. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Ma’lumot uchun: 2010-yilda YAIMning nominal hajmi 61,8 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilda 78 trillion so‘mni tashkil etgan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini tanlab, uni izchil amalga oshirishi natijasida MDH boshqa ko‘plab mamlakatlaridan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Raqamlar bu haqida dalolat beradi: 1991–1995-yillarda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning pasayishi, MDH davlatlari o‘rtasida eng kam ko‘rsatkich – 18,8 foizni tashkil etdi. Holbuki, bu raqam Rossiyada – 53 foiz, Ukrainada – 52 foiz, Belorussiyada – 54,6 foiz, Qozog‘istonda esa 75,4 foizga teng bo‘lgan. Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni 307 chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004-yildan e’tiboran yiliga 7–9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila boshlaganini MDH mamlakatlari statistika qo‘mitasi ma’lumotlari ham ko‘rsatgan. Xarid qobiliyati pariteti (XQP) bo‘yicha YAIM 2010-yilda 1990- yilga nisbatan 3,4 barobar, ya’ni 27,1 milliard AQSh dollaridan 92,3 milliard AQSh dollariga oshdi. Qulay ishchan muhitning yaratilishi, investitsiyalar oqimining kuchayishi nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o‘zgarishlarining yuz berishini ham ta’minladi. Xususan, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha amalga oshirilgan siyosatning natijasi sifatida 2000–2011- yillarda qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 30,1 foizdan 17,5 foizga kamayib, sanoatning ulushi 14,2 foizdan 24,1 foizga, xizmatlar ulushi esa 37 foizdan 49 foizga o‘sdi. 1992–1994-yillarda iste’mol narxlarining o‘rtacha oylik o‘sishi 21– 23 foiz yoki o‘rtacha yillik o‘sishi 1000 va undan ortiq foizni tashkil etdi. Mamlakatimizda 1994-yilning 1-iyulidan boshlab milliy valutaning muomalaga kiritilishi, mustaqil budjet-soliq siyosatining shakllantirilishi, narxlarni erkinlashtirish jarayonining nihoyasiga yetkazilishi va shuningdek, to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilgan chora- tadbirlar iste’mol narxlari inflatsiyasini 7–8 foizga tushirish imkonini berdi, bu esa qulay ishchan muhitni yaxshilash va investitsiyalarni rag‘batlantirishda eng muhim omillardan biri bo‘ldi. Investitsion faollik ko‘rsatkichlari keyingi-yillarda ishchan muhitning sezilarli darajada yaxshilangani va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari barqaror tus olayotganining yorqin dalilidir, Masalan, o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmi 1990–2000-yillarda 3,8 barobar oshdi, 2010- yilda esa 1990-yilga nisbatan 11,6 barobar ortib, 9,7 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasi hajmining YAIMga nisbati 1990-yilda 6 foizni, 2000-yilda – 45,4 foizni, 2010-yilda esa 56,1 foizni tashkil etdi. Agar 1990-yilda eksport importga nisbatan 79,8 million dollar ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 2009-yilda tashqi savdoning ijobiy savdosi 2333 million dollarni, 2011-yilda esa 4 milliard 500 million dollarni tashkil etdi. Yuqoridagilarning barchasi O‘zbekiston iqtisodiy tizimini barqarorligini ta’minlash va vatanimiz taraqqiyotiga va xalq farovonligini yuksaltirishga olib keladi. Yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi so‘ngi yillarda an’anaviy xom ashyo tarmoqlari hisobidan emas, 308 jahon bozoridagi qulay konyunktura va ayrim xom ashyo turlari hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, o‘tgan 2006-yil – Homiylar va shifokorlar, 2007-yil – Ijtimoiy himoya, 2008-yil – Yoshlar, 2009-yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi, 2010-yil – Barkamol avlod, 2011 – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida erishilgan ana shunday o‘sish sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilgan ko‘p yillik mashaqqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va barqaror rivojlantirishning amaldagi ko‘rinishi bo‘ldi. Ma’lumki, raqamlar «o‘jar» bo‘ladi. Ular soxtalik, qing‘irlikni yoqtirmaydi. Yuqorida keltirilgan har bir raqam zamirida dunyoviy taraqqiyot yo‘limizga bo‘lgan ishonch, fuqarolarimiz qat’iyati, tashabbuskorligi va albatta, o‘z kelajagini yanada farovon etishga intilish hissi yashiringandir. Keltirilgan raqamlar, eng avvalo, odamlar ongidagi o‘zgarishlar mahsuli sifatida baholanayotgani bejiz emas. Mehnatga, mulkka bo‘lgan munosabatning o‘zgarganligi mahsulidir bu. Joylarda, nihoyat, tadbirkor va fermerlarga mustaqillikning dastlabki yillaridagidek «o‘gay ko‘z bilan qaralmayotgani» xususiy mulkka iqtisodiyotning tayanchi sifatida munosabatda bo‘linayotgani mahsuli bu. Muhim yutug‘imiz sifatida, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan choralarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligini sog‘lom fikrlaydigan har bir inson dildan his qilmoqda. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling