Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


SMM – biznesga egri soliq= milliy daromad


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

SMM – biznesga egri soliq= milliy daromad. 


 301
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. 
Ishlab chiqarilgan MD – bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar 
qiymatining butun hajmi. Foydalanilgan MD – bu ishlab chiqarilgan 
MDdan yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, saqlashdagi yo‘qotishlar va h. k.) va 
tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng. Bizning 
amaliyotda MD iste’mol va jamg‘arish fondiga ajratiladi. 
Iste’mol fondi – bu milliy daromadning jamiyat a’zolarining moddiy 
va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtiyojlarini (ta’lim, 
mudofaa va h. k. ) qondirishni ta’minlashga ketadigan qismi.
Jamg‘arish fondi – bu milliy daromadning ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga sug‘urta rezervlarini ko‘paytirishga sarflaydigan qismini 
ta’minlaydigan qismi. 
Milliy daromadni, daromadlar barcha turlarini (amortizatsiya 
ajratmasi va biznesra egri soliqlardan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan 
ham aniqlash mumkin. Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun 
milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan 
daromadlarning yuqoridagi uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib 
tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan 
daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur. 
Milliy daromad – ijtimoiy sug‘urta ajratmasi – korxona 
foydasiga soliqlar – korxonaning taqsimlanmaydiran foydasi + 
ijtimoiy to‘lovlar (davlatning transfert to‘lovlari) = shaxsiy daromad. 
Shaxsiy daromaddan daromad soliqlari to‘langandan keyin, uy 
xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. Soliqlar 
to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad 
hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan 
hisoblanadi. Soliqlari to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng 
oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z 
tasarrufida by daromadlarninr bir qismini iste’mol uchun sarflaydi va 
boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi. 
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, 
bu ko‘rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko‘rgazmali tasavvur qilishimiz 
mumkin bo‘ladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling