Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining
umumiy uzunligi
Yo‘l turlari 
Uzunligi, km 
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari 
42530
Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari 
61664
Xo‘jalik avtomobil yo‘llari 
79367
shu jumladan: 
– ichki xo‘jalik yo‘llari 
67274
– korxonalarga qarashli yo‘llar 
12093
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining 51 foizi mahalliy 
ahamiyatdagi, 40 foizi davlat ahamiyatidagi va 9 foizi xalqaro 
ahamiyatdagi yo‘llar hisoblanadi. 


 339
O‘zbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari: 
– mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar – 21995 km (51 foiz).
– davlat ahamiyatidagi yo‘llar – 16909 km (40 foiz); 
– xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar – 3626 km (9 foiz). 
O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 
2009-yil yakuni bo‘yicha qurish va ta’mirlash ko‘rsatkichlari 
Ko‘rsatkichlar Hajmi 
mlrd.so‘m 
2008-yilga
nisbatan foiz 
Jami bajarilgan ishlar
370,6
118,7
Investitsiya dasturi
114,4
104,8
Mukammal va o‘rta ta’mirlash
177,2
126,1
Joriy ta’mirlash va saqlash ishlari
63,2
117,3
Yo‘l ta’mirlash texnikalari va jihozlar 
xarid qilish 
15,8
160,9
Yo‘l-qurilish texnikasini sotib olish uchun Osiyo taraqqiyot 
bankining umumiy qiymati 56 million dollarga teng bo‘lgan imtiyozli 
kredit resurslari jalb etildi.
Mamlakatimiz temir yo‘l transport tizimini rivojlantirish va 
modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirildi. «Toshg‘uzor–
Boysun–Qumqo‘rg‘on» yangi temir yo‘l tarmog‘ida Yaponiya kapitali 
ishtirokida 5 ta ko‘prik foydalanishga topshirildi. «Navoiy–Uchquduq–
Sulton Uvaystog‘–Nukus» temir yo‘l tarmog‘ining 6 ta yangi razyezdi 
ishga tushirildi. Temir yo‘llarni elektrlashtirish, temir yo‘l lokomotivlari 
parki va harakatdagi tarkibni yangilash loyihalarini amalga oshirish ishlari 
boshlandi.
Mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli ravishda bog‘-
laydigan, mintaqaviy va jahon bozorlariga chiqishni ta’minlaydigan 
O‘zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan yo‘llarni qurish va 
rekonstruksiya qilish loyihalarini jadal amalga oshirish biz uchun g‘oyat 
muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 2012-yilda 517 kilometrlik 
avtomobil yo‘llari, ikkita yirik transport bog‘lamasi, 544 pogon metr 
ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish 
mo‘ljallanmoqda. Buning uchun Respublika yo‘l jamg‘armasidan 360 
million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi, o‘tgan yilga nisbatan 12,5 foiz 
ko‘p mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. 
O‘zbek milliy avtomagistralini modernizatsiya qilish nafaqat 
mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan 


 340
strategik ahamiyatga ega ekanini inobatga olgan holda, ushbu loyihani 
amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Arab 
Muvofiqlashtirish guruhi a’zolari singari xalqaro moliya tuzilmalari faol 
ishtirok etmoqda. 
Mazkur tashkilotlar tomonidan 742 kilometrlik avtomobil yo‘llarini 
qurish va rekonstruksiya qilish, yo‘l qurilishi bo‘yicha zamonaviy texnika 
sotib olish uchun 1 milliard 400 million dollarga yaqin imtiyozli kreditlar 
ajratildi. Faqat 2012-yilning o‘zida ushbu maqsadlar uchun 109 million 
dollar miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirish, 165 kilometr sement-beton 
qoplamali yo‘llarni foydalanishga topshirish, jumladan, Qamchiq dovoni 
orqali o‘tadigan yo‘lni qayta ta’mirlash mo‘ljallanmoqda. 
«O‘zavtoyo‘l» davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Respublika yo‘l 
jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar 
va Toshkent shahar hokimliklariga ajratilayotgan mablag‘larni samarali 
o‘zlashtirish hamda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va 
ta’mirlash yuzasidan belgilangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz bajarish 
bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish vazifasi topshiriladi. Temir yo‘llar 
kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish, Maroqand – Qarshi va Qarshi 
– Termiz temir yo‘l uchastkalarini elektrlashtirish bo‘yicha loyihalar 
amalga oshirilishini jadallashtirish zarur. Shu bilan birga, Toshkent – 
Samarqand temir yo‘l tarmog‘i uchastkasida obodonlashtirish ishlarini 
davom ettirish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi 
poyezdlarining ishonchli va xavfsiz qatnovini ta’minlashga alohida e’tibor 
qaratish darkor. «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi manfaatdor 
vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur ishlarni amalga oshirish 
bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqishi va tasdiqlatishi, ularning o‘z 
vaqtida bajarilishini ta’minlashi lozim.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling