Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida barqarorlikka 
erishayotgani haqida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi xulosa va 
qoidalarni alohida ta’kidlagan edi:
1
birinchidan, bozor (talab va taklif) hamma narsani hal qiladi, degan 
tamoyildan kelib chiqqan holda, bozor munosabatlariga sajda qilaverish 
mumkin emas. Hayot tajribasi shuni necha bor ko‘rsatdiki, iqtisodiy va 
moliyaviy munosabatlarni boshqarish, murakkab vaziyatlardan chiqib 
ketish uchun ustuvorliklar tanlashda davlatning rolidan foydalanish 
(bozor, kuchlilar yengadi, degan Darvin tamoyiliga amal qilishini 
e’tiborga olgan holda), aholining ko‘pchilik qismi manfaatlarini 
ifodalovchi davlatning rolini, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va uzoq 
istiqbolga mo‘ljallangan milliy strategiyaning o‘rnini hech kim va hech 
narsa bosa olmaydi; 
1
ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2009. – 22 ɦɚɣ.


 352
ikkinchidan, bugungi kunda so‘nggi 15–20 yil davomida muayyan 
holatlar sababli uglevodorod xom ashyosi va umuman, mineral xom 
ashyosi narxlarining keskin o‘sib ketishiga qaram bo‘lgan mamlakatlar
ayniqsa, mushkul ahvolga tushib qoldi, boshqacha aytganda, ular o‘zlari 
bilmagan holda jahon biznesining chayqovchilik bilan shug‘ullanuvchi 
ayrim doiralari tomonidan sun’iy ravishda shishirilgan «narx pufaklari»ga 
haddan ziyod bog‘liq bo‘lib qoldi. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatida ko‘plab qiyinchiliklarni 
boshidan kechirayotgan mamlakatlar bugun shuni tan olmoqdaki, ushbu 
jarayonda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ishlab 
chiqarishni muntazam yangilash va innovatsion texnologiyalarni joriy 
etish rivojlanishning asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan va bu tamoyilga 
amal qilayotgan davlatlar yuksak muvaffaqiyatlarga erishadi. Ana shu 
omilning ahamiyatini teran anglash va ushbu muhim ustuvorlikni amalga 
oshirish borasida doimiy, tizimli va puxta o‘ylangan ish yuritish – bu har 
qanday sharoitda, eng murakkab holatlarda ham muvaffaqiyatga 
erishishning kaliti bo‘lib qolaveradi; 
uchinchidan, bizningcha, yigirma yetakchi davlat ishtirokida London-
da bo‘lib o‘tgan uchrashuvning eng muhim yutuqlaridan biri shundaki, 
muzokaralar jarayonida oddiy bir haqiqat bilan ifodalanishi mumkin 
bo‘lgan oqilona yondashuv ustuvorlik qildi. Ya’ni, avval jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tufayli vujudga kelgan yong‘inni o‘chirish 
kerak, shundan so‘nggina o‘z umrini yashab bo‘lgan Bretton-Vud tizimi 
va uning institutlaridan yangi moliya-bank tizimiga, uni boshqarish 
tamoyillariga o‘tish modelini shakllantirish, yangi moliyaviy 
mexanizmlarni qabul qilish kerak. 
Darhaqiqat, e’tirof etish lozimki, O‘zbekistonda inqirozning dastlabki 
belgi-alomatlari paydo bo‘la boshlashi bilan sergak bo‘lib, iqtiso-
diyotimizdagi real ahvol va sharoitlarni hisobga olib, bu masala bo‘yicha 
zarur tayyorgarlik ko‘rganimiz, o‘z vaqtida ehtiyotkorlik bilan ish tutib, 
keng ko‘lamli dasturlarni qabul qilgani bugungi murakkab sharoitlarda 
Vatanimizning iqtisodiy negizlarini yanada mustahkamlashga xizmat 
qildi. Bu borada ko‘rilgan va ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning asosiy 
yo‘nalishlari va maqsadlari quyidagilar:
• iqtisodiyotimiz real sektorining yukini yengillashtirish; 
• soliqlarni kamaytirish va davlat tomonidan yordam berish;
• ishlab chiqarish sohasini ichki bozorning talab va ehtiyojlarini 
qondirish uchun qaratish;


 353
• iste’mol tovarlarini tayyorlaydigan tarmoqlarga, kichik biznes va 
tadbirkorlik, fermerlik harakatiga keng yo‘l ochish va qo‘shimcha 
imtiyozlar berish;
• qishloq xo‘jaligi sohasini, qishloq taraqqiyotini mamlakatimiz 
rivojining yetakchi kuchi sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi 
darajasiga ko‘tarishga alohida ahamiyat berilganligi; 
• eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni har tomonlama rag‘bat-
lantirish, ularning soliq yukini keskin kamaytirish, mahsulotini 
realizatsiya qilish uchun bozorlarni yanada kengaytirish;
• ijtimoiy infratuzilmani, jumladan, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, 
elektr energiyasi tarmoqlarini;
• xizmat sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarda yangi qurilish va 
obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish va shularning hisobidan biz 
uchun o‘ta dolzarb vazifa bo‘lgan yangi ish o‘rinlarini barpo etish 
masalalari e’tiborimiz markazida bo‘lganligi; 
• joriy etilayotgan dasturdan eng katta o‘rin olgan asosiy maqsad-
larimizdan biri mamlakatimizning moliya-bank, kredit tizimini yanada 
mustahkamlash, ularning real sektorga ijobiy ta’sirini kengaytirish;
• xorijiy investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni 
yurtimizga olib kelish uchun kerakli sharoit tug‘dirib berish va 
rag‘batlantirish masalalaridir. 
Bugungi kunga kelib taraqqiyot imkoniyatlarimiz kengayib, ham 
iqtisodiy, ham ma’naviy yuksalish yuz bermoqda. Yurtboshimiz Islom 
Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida ta’kidlan-
ganidek, «Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka, ayni 
paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni o‘zimiz uchun asosiy mezon, 
deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og‘ib ketmaslik, 
jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo‘lgan muvozanat va 
barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bozor 
iqtisodiyoti hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi, degan yengil-yelpi 
qarashga itoat qilib, faqat moddiy boylik ortidan quvish – xalqimizning 
azaliy orzu-intilishlariga ham, insoniylik bilan yo‘g‘rilgan milliy 
qadriyatlarimiz mohiyatiga ham to‘g‘ri kelmas edi. Shu bois islohotlarni 
amalga oshirishda ma’naviyat va iqtisodiyot bir-birini inkor etmaydi, 
aksincha, bir-birini quvvatlab, o‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi, 
degan qoidani o‘zimiz uchun dasturilamal sifatida belgilab oldik»
1
.
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɘɤɫɚɤ ɦɚɴɧɚɜɢɹɬ – ɟɧɝɢɥɦɚɫ ɤɭɱ. – Ɍ.: «Ɇɚɴɧɚɜɢɹɬ», 
2008.


 354
Haqiqatan ham, iqtisodiy omillarning ma’naviy omillar bilan uyg‘un 
va hamohang ravishda hayotga tatbiq etilgani, ya’ni havoyi gaplarga 
berilmasdan, vaziyatni har tomonlama chuqur tahlil etib, ertangi kunni 
o‘ylab, fikr-mulohaza yuritib, eng maqbul taraqqiyot yo‘li tanlab olingani 
va og‘ir-vazminlik bilan siyosat olib borilgani yakka-yu yagona to‘g‘ri 
yo‘l bo‘lgani hozirgi murakkab davrda amalda tasdiqlanmoqda. 
Iqtisodiyotni isloh etish va modernizatsiya qilish borasida qabul 
qilinayotgan har bir qaror zamirida iqtisodiy mezonlar bilan birga, 
kelgusida bu o‘zgarishlar xalqimizga nima beradi, degan ma’naviy 
mezonlar ham e’tiborga olinmoqda. 
Murakkab sharoitlarga qaramasdan, O‘zbekistonda ijtimoiy 
xavfsizlik tadbirlariga katta e’tibor qaratilmoqda. G‘arb mamlakatlarida 
inqirozli davrlarda inson taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy tadbirlar uchun 
xarajatlarni kamaytirayotgan bir paytda bundan farqli ravishda 
O‘zbekistonda ijtimoiy sohalarga alohida e’tibor berilmoqda. 2013-yilda 
yalpi ichki mahsulotning 60 foizi ijtimoiy tadbirlarga ajratilishi 
rejalashtirilgan.
Bugun jahonda, yaqin va uzoq atrofimizda bo‘layotgan keskinlashuv 
holatlari, umuman, butun dunyoda saqlanayotgan xavf-xatar va qarama-
qarshiliklar, shular qatorida avvalo xalqaro maydonda davom etayotgan 
moliyaviy inqirozning o‘zi bizni yanada sezgir, hushyor va ogoh 
bo‘lishga va o‘z vaqtida tegishli xulosalarni chiqarishga da’vat etadi, 
Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida samarali mehnat qilishga 
undaydi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling