Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ.
ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ, ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
ɲɚɪɨɢɬɢɞɚ ɭɧɢ ɛɚɪɬɚɪɚɮ ɷɬɢɲɧɢɧɝ ɣʆɥɥɚɪɢ ɜɚ ɱɨɪɚɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 
2009. – Ȼ. 11.


 347
olib kelishi mumkinligi davlatimiz rahbarining «Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» 
asarida e’tirof etiladi. Chunki bu aholi turmush darajasining o‘sishini 
sekinlashtirishi mumkin. Inqiroz oqibatlarining jiddiyligini inobatga olgan 
Prezident Islom 
Karimov: «jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni 
muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga 
yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va 
resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda»
1
, – deb uqtirgan. 
Inqirozga qarshi dasturda inqiroz oqibatida yuzaga kelgan ichki va 
tashqi iqtisodiy vaziyat yillar davomida xalqaro hamda milliy iqtisod va 
moliya, boshqaruvning turli bosqichlarida hayotiy tajribaga ega bo‘lgan 
davlat rahbari nigohida baholangan, inqirozning iqtisodiyotimizga salbiy 
ta’sirini bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan va tarixiy tajribada 
sinovdan o‘tgan amaliy takliflar berilganligini qayd etish lozim. Dastur 
mamlakatning ancha oshgan iqtisodiy salohiyatiga va so‘nggi yillarda 
iqtisodiyotda amalga oshirilgan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlarga asoslanadi. 
Ta’kidlash lozimki, mazkur dastur barcha mamlakatlar YAIMning 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida uzluksiz pasayib borayotganiga 
asoslangan. Biroq, 2009-yilda ekspertlarning bildirgan fikrlari ba’zi 
mamlakatlar, ayniqsa, Xitoy va Hindiston taraqqiyoti salbiy zonada 
bo‘lmaydi, ushbu mamlakatlar YAIM o‘sishining 7 foizdan 5 foizgacha 
bo‘ladi. Ayni vaqtda Yevropa Ittifoqi va AQSh YAIMning ko‘rsatkichlari 
YAIMning 2,5 foizdan 3 foizgacha pasayishi haqidagi taxminlar asosli 
bo‘lib chiqdi. Mamlakatimiz misolida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston 
iqtisodiyoti so‘nggi yillarda tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga xos 
sur’atlarda o‘sayotganligi e’tirof etilmoqda. Mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan investitsiya siyosati O‘zbekiston iqtisodiyotiga yuqori 
darajadagi investitsion faollikka olib keldi.
Investitsiya jarayoniga milliy iqtisodiyotga xorijiy va avvalo bevosita 
investitsiyalarning o‘sishi xosligini quyida keltirilgan raqamlarda ko‘rish 
mumkin. Investitsiya dasturi va texnik jihatdan modernizatsiya qilish 
bo‘yicha tarmoq dasturlari doirasida 2009-yili 690 ta investitsiya loyihasi 
amalga oshirildi. Ularning 303 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu ayni 
chog‘da jiddiy faoliyat hisoblanadi. 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ.
ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ, ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
ɲɚɪɨɢɬɢɞɚ ɭɧɢ ɛɚɪɬɚɪɚɮ ɷɬɢɲɧɢɧɝ ɣʆɥɥɚɪɢ ɜɚ ɱɨɪɚɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 
2009. – Ȼ. 36.


 348
Istiqbolda, ya’ni 2010-yilda Investitsiya dasturiga muvofiq, kapital 
qo‘yilmalar o‘tgan yilga nisbatan 22,1 foizga ortib, yalpi ichki 
mahsulotning 30 foizini tashkil qiladi. Bunda birgina ishlab chiqarish 
sohasiga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshirish uchun barcha kapital 
mablag‘larning 75 foizdan ziyodi yo‘naltiriladi. 2009-yilda mamlakati-
mizda muhim strategik loyihalarni amalga oshirish uchun 3 mlrd. AQSh 
dollaridan ziyod yoki o‘tgan yilga nisbatan 30 
foiz ko‘p xorijiy 
investitsiya jalb qilinadi. Bu esa mamlakatda xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilishning ishonchli mexanizmi yaratilganidan dalolat beradi hamda 
mamlakatda milliy iqtisodiyot o‘sishining omili bo‘lgan jamg‘arishning 
barqaror yuksak normasini saqlab turishga imkon beradi. Janubiy Koreya 
Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak va Qozog‘iston Respublikasi 
Prezidenti Nursulton Nazarboyev ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
davom etayotgan bir paytda O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish 
muvaffaqiyatli kechayotganligini e’tirof etganlar. 
Iqtisodiyot muvaffaqiyatlari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning agrar xom 
ashyo yo‘nalishiga chek qo‘yish va iqtisodiyotda tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish ulushini oshirishga imkon bergan tarkibiy o‘zgarishlar bilan 
bog‘liq. Bu esa xom ashyoni chuqur qayta ishlash, import o‘rnini 
bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishga 
asoslangandir. Bugungi O‘zbekiston iqtisodiyotiga industrial tarmoqlar va 
xizmat ko‘rsatish sohalari roli va ahamiyatining ortib borishi xosdir. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling