Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

yo‘lidagi to‘siq bo‘lishi kerak bo‘lgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash va 
diversifikatsiyalash birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Modernizatsiya ishlab 
chiqarishga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni anglatadi, bu esa 


 350
mehnat unumdorligi va mahsulot sifatini oshirishga imkon beradi. U ichki 
va tashqi investitsiya resurslarini safarbar etishni talab qiladi hamda ularni 
va, avvalo, bazaviy eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni texnik jihatdan 
qayta qurollantirishga qaratilgan. U milliy iqtisodiyotning mehnat 
unumdorligi darajasini ancha oshirishga shart sharoit yaratadi. 
Inqirozga qarshi dastur jahon bozorlarida narxlar pasayishi natijasida 
eksportdan keladigan tushumning kamayishini inobatga oladi. Uning 
talablarini bajarish uchun eksportni oshirish zarur, bu o‘z navbatida 
eksportga ishlovchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni 
talab etadi. Jumladan, ularga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 
imtiyozli kreditlar beriladi. Ular 2010-yilgacha qo‘shimcha qiymat 
solig‘idan boshqa barcha soliqlardan ozod qilinadilar. Bu xorijiy 
investitsiya kiritilgan korxonalar hamda tayyor mahsulot ishlab 
chiqaruvchi eksportga yo‘naltirilgan korxonalarga taalluqlidir. 
Aytish kerakki, dunyoda sodir bo‘lgan keyingi voqealar, ya’ni jahon 
iqtisodiyot maydonida moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jarayonlarining avj 
olayotganligi hech qanday sir bo‘lmay qoldi. Ma’lumki, jahon moliyaviy 
inqirozi dunyodagi manaman degan, iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy 
topgan mamlakatlarni ham qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. Nufuzli 
xalqaro birjalarda qimmatbaho qog‘ozlarning narxlari goh tushib, goh 
ko‘tarilib, doimiy beqarorlik ko‘zga tashlanmoqda. Dunyo miqyosidagi 
yetakchi valutalarning kursi ham har kuni o‘zgarib turibdi. Strategik xom 
ashyolarning narxi pastligicha qolmoqda. Katta-katta korxonalar yopilib
ishsizlar sonining ortishi, ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi muttasil 
davom etmoqda. 
Xalqaro miqyosda tan olingan ekspert va tahlilchilar, taniqli davlat va 
siyosat arboblarining bu inqiroz sabablari haqida bildirgan fikr-
mulohazalaridan ayon bo‘lmoqdaki, bunday global moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozga, ikki muhim hodisa – ma’naviy va moddiy olamning rivojlanish 
jarayonlarini uyg‘unlashtirishga yetarli e’tibor bermasdan, bu jarayonlar 
bozor mexanizmlari orqali o‘zini o‘zi tartibga soladi, deb ularni o‘z holiga 
tashlab qo‘yish, ya’ni oqibatini chuqur o‘ylamasdan siyosat olib borilgani 
sabab bo‘lgan. Shu ma’noda, Yurtboshimizning «Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va 
choralari» kitobi dunyo jamoatchiligida, ayniqsa, bu inqirozdan eng ko‘p 
zarar ko‘rayotgan dunyodagi yetakchi rivojlangan mamlakatlarda katta 
qiziqish uyg‘otayotgani bejiz emas. Chunki bu kitobda «Islohot – islohot 
uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun» degan hayotiy 
mezon asosida xalqning boshqa orzu-intilishlari qatori uning ma’naviy 


 351
qadriyatlarini ham barcha o‘zgarishlarning markaziga qo‘yib, samarali 
iqtisodiy siyosat olib borayotgan, zarur bo‘lganda, bozor munosabatlarini 
davlat yo‘li bilan tartibga solib, turli sohalarning o‘zaro mutanosib 
rivojlanishiga erishayotgan, ulkan tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan davlat 
arbobining har tomonlama asoslangan konseptual fikr-mulohazalari o‘rin 
olgan. 
Ma’lumki, 2009-yil 22-may kuni Toshkentda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va 
choralari» kitobi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy 
konferensiya islohotlarning o‘zbek modelini o‘rganish, mustahkam va 
barqaror rivojlanadigan milliy iqtisodiyotni shakllantirish tajribasiga 
bag‘ishlandi. Anjumanda dunyoning 60 mamlakati va 30 xalqaro tashkilot 
hamda moliya institutlari, shu jumladan, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon 
banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlardan 350 nafardan ziyod 
davlat va jamoat arboblari, biznesmenlar, olimlar va ekspertlar ishtirok etdi. 
Ushbu xalqaro anjumanning Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekistonda olib 
borilayotgan chuqur va keng ko‘lamli islohotlarning nufuzli ekspertlar 
tomonidan yuksak e’tirofidir.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov «Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va 
choralari» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchilariga 
yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish tajribasi va 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling