Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Iqtisodiyotdagi tub islohotlar jahon inqirozining O‘zbekistonga salbiy
ta’sirini bartaraf etishning asosidir. Shnudan kelib chiqib, Prezident Islom Karimov mamlakatimiz inqirozga qarshi turish uchun yetarli moddiy, insoniy va moliyaviy resurslarga ega ekanligini qayd etib, ulardan oqilona foydalanishga undaydi. O‘zbekistonda hozirgi vaqtda nafaqat inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish ustida, shu bilan birga, inqiroz tugagandan keyin O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda maydonga chiqishi, jahon bozorida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizni egallash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini oshirish bo‘yicha jiddiy ish olib borilmoqda. 2009-yilning boshida «2009–2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha muhim loyihalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi» qabul qilindi. Bu dasturga binoan umumiy qiymati 41,4 milliard dollarga teng bo‘lgan 400 dan ziyod investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilganining o‘zi bizning rejalarimiz naqadar ulkan va jiddiy ekanining 349 dalilidir. Shuningdek, O‘zbekistonning 2009–2012-yillarga mo‘ljallangan inqirozga qarshi dasturi inqiroz uzoq davom etishi va uning iqtisodiyotimizga ta’siri bir necha yilga cho‘zilishi mumkinligidan kelib chiqadi. Asosiysi, ushbu dastur inqiroz doirasidan chiqib, inqirozdan keyingi rivojlanishni ham qamrab oladi. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, dastur iqtisodiyotni davlat tomonidan faol inqirozga qarshi tartibga solishga asoslanadi va inqirozga qarshilik ko‘rsatishning ustuvor vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadiki, bu, o‘z navbatida, mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy va moliyaviy xavfsizligini ta’minlaydi. O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq iqtisodiy jarayonlardagi tartibsizlikni yo‘q qilish yoki loaqal eng kam darajaga yetkazish uchun boshqariluvchi iqtisodiyotga o‘tish yo‘lini tanladi. Mamlakatdagi bozor islohotlari iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun bozorning o‘zini o‘zi tartibga solishi yetarli emas va shu bois, davlat tomonidan uni faol tartibga solish zarur, degan qoidadan kelib chiqdi. Shu bois, inqirozga qarshi dasturni amalga oshirishda davlat hal qiluvchi rolni bajaradi. Ayni vaqtda asarda davlat iqtisodiyotga ma’muriy yo‘l bilan emas, balki moliyaviy iqtisodiy dastaklar yordamida va o‘zining moliyaviy resurslariga tayanib ta’sir ko‘rsatishi kerakligi qayd etilgan. Uning amaliy ijrosi sifatida ustav kapitali 3,2 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan va kelajakda uning miqdori muntazam o‘sib boradigan O‘zbekiston Respublikasini Tiklash va rivojlantirish fondi tashkil qilinganligi barchaga ma’lum. Ushbu jamg‘arma «O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘ri- sida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qarori bilan tashkil qilingan. 2009-yil 6-yanvarda esa «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350- sonli qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 1031-sonli Prezident qarorida fondning iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, shuningdek tijorat banklarining investitsion faolligini kengaytirish dasturlarida ishtirokini takomillashtirish chora-tadbirlari nazarda tutildi. Shu bois, ushbu fond iqtisodiyotni faol tartibga solish va inqirozga qarshi dasturni moliyaviy ta’minlash vositasi hisoblanadi. Inqirozga qarshi dasturda iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolarni hal qilishning ustuvor yo‘nalishlari ajratilgan. Unda inqiroz Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling