Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Intellektual elita – asosiy belgisini asosan intellektual mahsulotlar 
yaratish negizida amalga oshiradigan individual kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni tashkil qiladigan ijtimoiy sinf. 
Takror ishlab chiqarish proporsiyalar ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishning ayrim qismlari, unsurlari va kichik tizimlarining muayyan 
nisbati. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyotning amal qilish qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi fandir.
Makroiqtisodiyot eng avvalo milliy ishlab chiqarish ko‘lami, bozor tizimi 
dinamikasi va muvozanati, ishsizlik va inflatsiyaga doir masalalarni o‘rganadi. 
Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakat ichida yuz beradigan iqtisodiy 
faoliyat bo‘lib, bunda firmalar, xonadonlar va davlat ishtirok etadi. Hozir 
dunyoda 210 dan ziyod milliy iqtisod mavjud. 
Milliy iqtisodiyot mamlakat mustaqilligining tayanchi hisoblanadi. 
Chunki u mustaqillikni moddiy jihatdan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot 
muayyan mamlakatda yaratilgan tovar va xizmatlar, to‘plangan moddiy va 
nomoddiy boylik shu mamlakatga qarashli bo‘lishini, ya’ni milliy mulkchilik 
mavjudligini bildiradi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotning holatini, faoliyat 
yuritish va natijalarini ifodalaydi. 
Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakat chegarasida yuz beradigan faoliyat 
bo‘lib, tabiatan makroiqtisoddir. Makroiqtisodiy aylanma jarayonida real va 
pul sektorlari yuzaga keladi, bunda resurslar, tayyor mahsulot va xizmatlar 
pulga ayirboshlanadi. Makroiqtisodiy faoliyat natijasida yalpi ichki mahsulot 
(YAIM) yaratiladi. 


 357
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) ijtimoiy takror ishlab chiqarishning 
ijtimoiy-iqtisodiy natijasi bo‘lib, uning qiymati yil davomida mamlakat 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yaratgan mahsulot va 
xizmatlarning bozor narxidir. 
YAIM real va nominal mahsulotdan iborat. Iqtisodiy o‘sish real 
mahsulotning ko‘payishini bildiradi. 
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi uchun makroiqtisodiy muvozanatlar 
ta’minlanishi shart, bular jumlasiga yalpi talab va yalpi taklif, daromadlar va 
xizmatlar, iste’mol va jamg‘arish, nihoyat tovar-pul muvozanatlari kiradi. 
YAMM (YAIM) hajmini aniqlashda unumsiz bitimlar hisobga olinmaydi. 
Unumsiz bitimlar davlat budjetidan beriladigan transfert to‘lovlari (nafaqa, 
stipendiya), dotatsiyalar, subsidiyalar hamda pul va unga tenglashtirilgan 
moliyaviy aktivlarning harakatidir. 
13-MAVZU. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI VA 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling