Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


–2009-yillarda investitsiyalarni moliyalashtirish tarkibidagi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2005–2009-yillarda investitsiyalarni moliyalashtirish tarkibidagi 
o‘zgarishlar (foizda) 
Moliyalashtirish 
manbalari 
2005-y. 2006-y. 2007-y. 2008-y. 2009-y. 
Davlat budjeti 
12,7 
10,7 
9,0 
9,0 
8,1 
Chet el investisiyalari 
19,2 
19,0 
22,8 
25,8 
32,4 
Korxonalar va aholi 
mablag‘lari 
60,3 60,0 59,0 53,9 46,9 
Boshqa manbalar 
7,8 
10,3 
9,2 
11,3 
12,6 


 330
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni 
modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan 
loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish 
infratuzilmasini shakllantirishda 2006-yilda tashkil etilgan, bugungi 
kunda 3 milliard 200 million AQSh dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga 
ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi 
faoliyatiga katta ahamiyat berildi. Mamlakatimiz bo‘yicha investitsiya 
dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 250 milliard so‘mlik asosiy 
fondga ega bo‘lgan jami 423 ta obyekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 
145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, yengil va to‘qimachilik 
sanoatida 65 ta, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-
kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog‘ida 8 ta obyekt ishga 
tushirildi. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining dastlabki
2009-yili davomida nihoyasiga yetkazilgan strategik loyihalar 
Loyiha obyekti 
Loyihaning qisqacha mazmuni 
«Farg‘onaazot» korxonasi 
«Maksam-Chirchiq» korxonasi 
Ammiak agregatlarini rekonstruksiya 
qilish 
Namangan shahridagi yengil 
avtomobillar uchun butlovchi qismlar 
ishlab chiqarish zavodi 
Yengil avtomobillar uchun fara va 
chiroqlar ishlab chiqarish 
Buxoro shahridagi «DEU tekstil» 
to‘qimachilik majmui 
Paxta tolasini qayta ishlash asosida 
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab 
chiqarish 
«Gazli» qo‘shimcha kompressor 
stansiyasi 
«Qo‘ng‘irot» kompressor stansiyasi 
Gaz mahsulotlarini iste’molga 
tayyorlash va ishlov berish jarayonlarini 
ta’minlash 
Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-
Xitoy transmilliy magistral gaz quvuri 
Turkmanistondan O‘zbekiston hududi 
orqali Xitoyga o‘tadigan gaz quvurini 
tortish ishlari 
«Yangi Angren-O‘zbekiston» LEP-500 
elektr uzatish tarmog‘i 
«G‘uzor-Surxon» yuqori voltli elektr 
uzatish tarmog‘i 
Mamlakat hududlarini elektr energiyasi 
bilan ta’minlash 
«Ohangaron-Pungon» magistral gaz 
quvuri 
Mamlakat hududlarini tabiiy gaz bilan 
ta’minlash 
Bundan tashqari, hududlarimizda, avvalo, qurilish materiallari 
sanoati, oziq-ovqat, yengil sanoat va boshqa tarmoqlarda kichik biznes 


 331
sohasida faoliyat olib boradigan 480 dan ortiq yangi ishlab chiqarish 
korxonalari tashkil etildi. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xalqimiz 
farovonligini oshirishda mamlakatimiz hududlarida ishlab chiqarish 
hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 
Strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 
mamlakatimizda yagona elektr va gaz tarmog‘i tizimlarini tashkil etish 
ishlari asosan yakunlandi. Bu esa Farg‘ona vodiysi va O‘zbekiston 
janubida yashaydigan aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan 
ishonchli ta’minlash, shuningdek, elektr energiyasi eksport qilishni 
sezilarli ravishda oshirish imkonini beradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling