Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Boshqarish strukturasi – boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va 
funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv organlari va 
bo‘g‘inlarining majmuidir (vazirlik, birlashma, korxona (firma), sex, 
uchastka). 
Boshqarishning iqtisodiy usullari – iqtisodiy manfaatlardan 
foydalanishga asoslangan boshqaruvdir.
Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usuli – bu ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga 
ta’sir etish yo‘li bilan kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning 
ijtimoiy talablarini qondirish orqali boshqariladi. 
Marketing – bozor holatini asosli o‘rganish va oldindan baholash bilan 
tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu yo‘sinda yaxshi 
foyda topishni uyushtirish. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar:


 293
1. Menejment – xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish uchun 
boshqarish, rahbarlik qilish, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan 
unumli foydalanish san’ati, usullari, shakllari va vositalari majmuidir. 
2. Menejment ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy faoliyatini tashkil 
etish bilan ularning ijtimoiy-sotsial va iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi. U 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir etgan holda pirovard natijada 
mavjud ehtiyojlarni to‘liq qondirishga qaratilgandir. 
3. Dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud bo‘lib, 
uning murakkabligi va ko‘p qirraligini ifodalaydi. Shuningdek, marketing 
bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari mavjud. 
4. Marketing xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini 
yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida 
qondirishga qaratilgan faoliyat turi. 
5. Marketing – bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, 
iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat 
tavakkalchiligi va raqobatchilarni o‘rganadigan fan. 


 294

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling