Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing nazorat qiladigan omillar.
muvozanatini o‘rganish.
Rahbariyat marketingning muhimligini ta’kidlash, uning vazifalarini belgilash va uni firmaning umumiy faoliyatiga qo‘shish orqali marketing rolini aniqlaydi. Marketing hal qiluvchi ovoz, bevosita hukmronlikka ega bo‘lganda, uning firma uchun zarurligi namoyon bo‘ladi; marketing rahbari o‘z maqomiga ko‘ra faoliyatning boshqa sohalari rahbarlari bilan teng darajada va unga tegishli resurslar ajratib beriladi. Marketing xizmati aniqlaydigan omillar. Marketing xizmati boshqaradigan asosiy tarkibiy qismlar quyidagilar: – aniq maqsadga mo‘ljallangan bozorni tanlash, maqsadli bozor (iste’molchilarning ma’lum guruhi)ni tanlash jarayoni uning o‘lchovlari va xususiyatlari bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga oladi; – marketing maqsadlarini tanlash, u oliy rahbariyat tomonidan belgilangan maqsadlarga emas, ko‘proq iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘ladi; Ishlab chiqarishni boshqarish Marketing faoliyati Ishlab chiqarish jarayoni ɚ ɢ ɢ ɢ 1 0 Uy xo‘jaligi a’zolari (iste’mol- chilar ) 290 – marketing tashkil etishni tanlash, bosh masala, uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o‘zaro aloqasidir; – tanlangan rejani nazorat qilish va boshqarish – bu butun faoliyatni, ayni paytda uning ayrim sohasini nazorat va tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida muhim omillar. Muntazam ravishda baholash ishlarini o‘tkazib turish lozim. Marketing nazorat qiladigan omillar 3-chizmada berilgan: 3-chizma. Marketing nazorat qiladigan omillar. Bozorni sigmentlarga ajratish – uning iste’molchilarini maxsus guruhlash demakdir. Marketing amaliyotida bozorni sigmentlarga bo‘lishda uch xil yondashuv ishlab chiqilgan: 1) korxonaning ommaviy bozorga kirishida u keng xaridorlar ommasiga qaratilgan bir xil marketing dasturiga ega bo‘ladi; 2) sigmentlashgan bozor, korxona unda asosiy e’tiborni alohida belgilarga ega bo‘lgan bir xil sigmentlarga qaratadi. Ana shu sigment uchun maxsus dastur ishlatiladi; 3) ko‘pchilik ko‘rsatkichlari bilan tabaqalashgan bozor, bunda o‘z xususiyatlari bilan farqlanadigan bir yoki ikki xil segmentga alohida ishlab chiqiladi. Bozor segmentlari doimiy emas. Har doim korxona o‘zining imkoniyatlariga va maqsadlariga mos holda bozorni quyidagi Marketing maqsadi: shakl, sotish, foyda, afzal tomoni Marketingni tashkil etish turlari Marketing tarkibi: tovarlar (xizmat) xarajati, sotish, narx-navo Nazorat: kunda, vaqti-vaqti bilan Maqsadli boshqarishni tanlash Marketing 291 segmentlarga bo‘lish mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozorida quyidagi segmentlar mavjud: – xaridorlar segmentlari, iste’molchilar, ularning xatti-harakatlari, talablari; – tovar segmentlari, ommaviy va arzon, qimmat va yangi; – savdo segmentlari, tovar harakati, sotish usullari; – geografik segmentlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, joylashishiga qarab, tuman, shahar, viloyatlar aholisi soni bo‘yicha. Marketing konsepsiyasiga asosan, har qanday korxona, bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, iste’molchilar tilak-istaklarini nazarda tutadi. Bu esa iste’mol jarayonini, aholi ehtiyoji va talabini bilish, ularga mos tushadigan tovarlar va xizmatlar taklif etishni taqozo qiladi. Ushbu masalani yechishda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi: 1) xaridorni tushunish va uni qiziqtiradigan tovarlarni aniqlash; 2) tovar va xizmatlarning mulkchiligini ta’minlash; 3) tovarlar haqida kerakli axborotlar yetkazib berish. Yuqoridagi qoidalarni bajarish, marketingning quyidagi to‘rt aksiomasiga asoslanadi: – qiziqtirish – muvaffaqiyat garovi; – raqobat tanlashni rag‘batlantiradi; – tanlov qiyinchilik tug‘diradi; – tanlovdagi raqobat tovarni takomillashtiradi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling