Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1. Rejalashtirish – o‘z mohiyat-e’tibori bilan qarorlar tayyorlash 
jarayonidir, ya’ni F. Teylor ta’kidlaganidek, maqsadni tanlash va uning 
bosqichlari quyidagilar:
– maqsadni o‘rtaga qo‘yish; 
– mavjud imkoniyatlarni, shart-sharoitlarni aniqlash; 
– muqobil sharoitlarni belgilab olish; 
– eng yaxshi yo‘lni tanlash; 
– rejani ishga solish va bajarish. 
2. Tashkil etish, ya’ni vositalarni tanlash – menejer va ijrochilar 
faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. Bu, avvalo, menejerning o‘z 
imkoniyatlariga baho berishi, o‘ziga bo‘ysunadigan xodimlarni o‘rganib 
chiqishi, har bir xodimning nimalarga qodir ekanligini aniqlab olishi, 
kuchlarni joy-joyiga qo‘ya bilishidir. Ushbu tashkilotchilik faoliyati 
boshidan oxirigacha korxonaning juda aniq yozilmalari doirasida o‘tadi. 
3. Motivatsiya. Tayyorgarlik choralarini ko‘rib bo‘lgandan keyin 


 273
menejer ishning muvaffaqiyatli sur’atda bajarilishini ta’minlashi kerak. 
Shu maqsadda quyidagilardan foydalanadi: 
a) rag‘batlantirishdan, ya’ni tashqi omillar (moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirish) yordamida xodimni jo‘shqin faoliyatga undashdan
b) asl motivatsiya, ya’ni xodimda mehnatga ichki (psixologik) 
rag‘batlar hosil qilishdan – mehnatdan manfaatdorlik, mehnat faoliyatiga 
ehtiyoj sezish, mehnat faoliyatidan qanoat tuyg‘usini hosil qilish 
muhimdir. 
5.  Nazorat – haqiqatda erishilgan natijalarni tekshirib chiqish va 
topshirilgan vazifalar bilan solishtirib ko‘rishdir. Teskari aloqa yaxshi 
yo‘lga qo‘yilgan taqdirda, ya’ni tegishlicha nazorat olib boriladigan 
mahalda tashkiliy jihatdan oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish 
mumkin. 
Menejmentning hamma asosiy vazifalari menejerning qaror qabul 
qilishga doir xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. «Samarali qarorlar, – 
deb ta’kidlaydi menejment xususida amerikalik nazariyotchi K. Killen, – 
tijorat korxonasining yashab borishi uchun garovdir. Bunday qarorlar 
boshqaruvchining yuqorida aytib o‘tilgan vazifalaridan har birining 
muhim elementidir».
Menejerlar – korxona va kompaniya egalari bo‘lmagan yollanma, 
malakali boshqaruvchilardir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalar, 
firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega 
bo‘lgan boshqaruvchisi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchi 
kabi rahbar xodimlari, qimmatbaho qog‘ozlar bilan uning egalari nomidan 
harakat qiluvchilar ham menejerlardir. Ular ma’rifatli jamiyatdagi maxsus 
ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida 
menejerlar xizmatining ishlab chiqarish va tovarlar muomalasini 
uyushtirishda vazifasi va roli beqiyosdir. 
Hozirgi davrda menejerlik vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) maqsad va manfaatlarni aniqlab olish; 
2) ijtimoiy imtiyozlar berish; 
3) ishdan 
bo‘shatish; 
4) kasbga tayyorlash va malaka oshirish
5) ish haqi to‘lash va rag‘batlantirish; 
6) vazifalarni 
almashtirish; 
7) xodimlarni tanlash va yollash; 
8) xodimga baho berish va shahodatlash. 
Qaror qabul qilish, ya’ni bir to‘xtamga kelish, qanday bo‘lmasin biror 
fikrga kelish yoki qilinishi mumkin bo‘lgan ishlarning aniq-tayin bir 


 274
yo‘lini tanlab olish – menejment sohasining eng muhim elementlaridan 
biridir. Bu ish menejerning fikri-zikrini doimo band qilib turadigan 
tashvishdir. U juda xilma-xil masalalar – tashkiliy, kadrlarga oid, 
texnologik, ta’minot va savdo yuzasidan qaror qabul qiladi. Boshqaruvga 
oid har qanday qaror samarali bo‘lsagina, ana shu holda u o‘rinli deb 
hisoblanadi. 
Shu o‘rinda davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek: 
«Bankrotlikka uchramaslikning yana bir muhim omili, bu o‘z biznesini 
boshqarishni takomillashtirish, boshqacha aytganda, menejment san’atini 
puxta egallashdir. Katta biznesga nisbatan kichik biznesda menejment-
ning roli ko‘proq ahamiyat kasb etadi, chunki kichik biznes sohasida 
ishlab chiqarishning tezkorligi, moslashuvchanligi katta biznesga nisbatan 
ancha yuqori bo‘lishi lozim»
1
.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling