Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


«Sof» monopoliya (monopsoniya)


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

«Sof» monopoliya (monopsoniya) – bozorda yolg‘iz harakatlanuvchi va 
cheksiz bozor hokimiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy tuzilma. 
Bozor axloqi – erkin raqobatda ishtirok etish natijasida olingan har 
qanday daromad adolatli sanaladigan axloq. 
Aksilmonopol siyosat – davlat boshqaruvi tegishli organlarining 
iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish hamda monopoliyalarni tartibga solish 
borasidagi faoliyati. 
Qaytarib bo‘lmas yo‘qotishlar – iste’molchilar va ishlab chiqaruv-
chilarning monopol hokimiyatni amalga oshirishdan ko‘radigan to‘liq sof 
zarari. 
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish – davlatning firmalar qo‘shili-
shini va boshqa firmalararo bitimlarni cheklovchi choralar tizimini ishlab 
chiqishga qaratilgan siyosati. 
Ishlab chiqaruvchining ortiqcha mahsuloti – ishlab chiqaruvchilar 
tovar va xizmatlar sotishdan oladigan jami sof foyda; monopol hokimiyat 
sharoitida iste’molchilarning ortiqchalari hisobiga to‘ldiriladi. 
Inflatsiya salohiyati – iqtisodiyotda monopoliya tamoyillarining 
kuchayishi bilan bog‘liq inflatsiya imkoniyati, ular orasida eng xavflisi 
iste’mol sektoridagi tovar yetishmovchiligi. 
Ma’muriy buyruqbozlik monopoliyalari – xarajatlarni sun’iy ravishda 
oshirish, mahsulot sifatini pasaytirish va raqobatning asoslarini ma’muriy 
asosda yo‘q qilish natijasida yuzaga kelgan monopoliyalar. 
Tadbirkorlik monopoliyalari – transformatsion va transaksion 
xarajatlarni kamaytirish oqibatida raqobatchilarni siqib chiqarish natijasida 
yuzaga kelgan monopoliyalar. 
Monopoliyalar faoliyatini tartibga solish davlatning mavjud 
monopoliyalar faoliyatini maqbullashtirish va ularning bozordagi hokimiyatini 
bir qadar cheklashga qaratilgan choralari tizimi. 
Monopoliya bozor strategiyasining maqsadi – ortiqcha iste’molchilarni 
egallab olish va uni qo‘shimcha foyda olish manbaiga aylantirish.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling