Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Raqobat – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashi-
shidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq nafga ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shuning orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar, arzon xom ashyo va arzon ish kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi. Raqobat strategiyasi raqobat kurashining uzoq muddatga mo‘ljallan- gan bosh yo‘li va yo‘l-yo‘riqlarini ifoda etadi. Strategiyaning maqsadlari tez kunda foydani maksimallashtirish, oz foyda bilan qanoat qilgan holda o‘z bozorini kengaytirish yoki raqibni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorga asta-sekin kirib borish kabi masalalarda harakat yo‘llarini belgilashdan iborat. Raqobat – umumijtimoiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari o‘rtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun bo‘ladigan kurashni anglatadi. Iqtisodiy sohadagi raqobat esa ishlab chiqarish munosabatlarining subyektlari (ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar, tadbirkorlar va hokazo) o‘rtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoitiga ega bo‘lish unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo‘lga olish, umuman yuqori daromad olish imkoniyati uchun kurashdan iborat. Bozor iqtisodiyotining ilk belgilari paydo bo‘lishi bilan unga xos raqobat ham yuzaga keladi. Bunday raqobat tarixan to‘rt bosqichdan o‘tadi. Birinchi bosqich – raqobat mayda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida boradi, bunda g‘olib chiqish tajriba to‘plab mehnat mahoratini oshirish bo‘ladi. Raqobat kichkina mahalliy bozorlarda namoyon bo‘ladi. Ikkinchi bosqich – bu kapitalistik erkin raqobat bosqichidir. Bunda raqobatda cheklash bo‘lmaydi, shiddatli kurash boradi. Raqobatda g‘olib chiqishning sharti mehnat unumdorligini oshirish, yangi texnologiya asosida yangi xildagi bozorbop tovarlarni ishlab chiqish bo‘ladi. Uchinchi bosqich – u monopol raqobat bosqichi bo‘lib, yirik korxonalarning yakkahokimlikka intiluvchi kurashidir. To‘rtinchi bosqich – yangicha erkin raqobat bosqichi bo‘lib, u aralash iqtisodiyotga xosdir. Raqobat doirasi kengayib, u faqat ishlab chiqaruvchilar emas, xizmat sohalari o‘rtasida ham namoyon bo‘ladi. Raqobat – yangicha harakat qilish jarayoni va yangi muvozanatga erishishni bildirib, raqobatchilarning nisbiy ustunlik va yuqori mavqeiga erishishi uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bunday kurash muqarrar 248 ravishda obyektiv shartlar asosida tug‘iladi va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bozorda xo‘jalik subyektlari resurslarni arzon sotib olish, o‘z tovar va xizmatlarini esa qimmatroq sotish, shu asosda ko‘proq foyda olishga intilsalar, ishchi va xizmatchilar ko‘proq mehnat haqi olishni istaydilar. Iste’molchilar esa bozorda tovar va xizmatlarni arzonroq narxlarda sotib olishga harakat qiladi. Bozor iqtisodiyoti tizimida raqobat iqtisodiy resurslarni tejamli ishlatish, tovar va xizmatlarni sifatli, yuqori texnologiyalar asosida va eng optimal miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Bunda, albatta, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchining marketing rejalari katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishni va innovatsion yutuqlarni tezlashtirishni talab qiladi. Natijada, raqobat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Shu ma’noda, raqobat bozor iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Demak, bozor va raqobat bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bozor munosabatlari paydo bo‘lishi bilan raqobat ham vujudga keladi, binobarin, uning rivojlanishiga qarab raqobat ham takomillashib boradi. Raqobat bozor mexanizmining yetakchi vositasi sifatida iqtisodiyot ishtirokchilarini faollikka undayli, chunki faqat shu yo‘l bilan raqobatda yutib chiqish mumkin. Narx bilan raqobatlashuv xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Sifat bilan raqobatlashuv eski, nafliligi pasayib borayotgan tovarlarni, yangi, nafliligi yuqori tovarlar bilan almashtirishni ta’minlaydi. Ish joyi uchun raqobat kishilarni o‘z bilimi, malaka va ish mahoratini doimo oshirib borishga undaydi, ishlab turgan joyini qadrlash, bu yerdagi ish sifati va mehnat unumdorligini oshirib borishga undaydi, ishlab turgan joyini qadrlash, bu yerdagi ish sifati va mehnat unumdorligini oshirib borishiga rag‘bat beradi. Raqobat iqtisodiy tanlovga kuch berib, uquvsiz va ishyoqmaslarni bankrot holiga tushirib biznesdan siqib chiqaradi, biznesni haqiqiy ishbilarmon, yangilikka moyil bo‘lganlar qo‘liga beradi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, uning oldidagi muhim strategik masalalardan biri sifatida barqaror va sog‘lom iqtisodiyotni shakllantirish vazifasi turar edi. Zero, barqaror iqtisodiyotni shakllantir- may turib, aholi farovonligi va turmush darajasini yuksaltirib, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda davlatning iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylash- tirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, 249 mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot, ya’ni kichik va o‘rta biznesni rivojlantirgan holda korxonalar o‘rtasida haqiqiy raqobatchilik muhiti vujudga keltiriladi. Mamlakatimizda xususiylashtirishning huquqiy asoslari yaratilganligi, rasmiy xususiylash- tirishdan real xususiylashtirish sari amaliy qadamlar qo‘yilganligi bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida raqobatchilik muhiti yaratilganidan dalolatdir. Xususiylashtirish jarayonining boshqa muhim, ajralmas qismi real raqobatli muhitning, tovar, xom ashyo va kapital bozorlarining shakllanishidir. Faqat real raqobat mavjud bo‘lganda, bozor mexanizmlari to‘liq va samarali ravishda ishlab ketishi mumkin. Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ilmiy asoslangan yo‘li ishlab chiqildi va unga tayangan holda iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Mazkur iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida qo‘lga kiritilishi lozim bo‘lgan natijalardan biri – rag‘batlantiruvchi raqobatchilik muhitini vujudga keltirishdan iboratligi ko‘rsatib berildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mulkchilik shakllari turlicha bo‘lgan korxonalar o‘rtasidagi raqobatchilik kurashi ularni ishlab chiqarishni boshqarishning ichki tashkiliy tizimlarini takomillashtirishga, zamonaviy texnika bilan qayta qurollantirishga, fan va texnika sohasidagi yangi yutuqlarni qo‘llashga moyil bo‘lishga, kam sarf-xarajat qilgan holda yanada yuqori sifatli va arzon narxda mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. Pirovard natijada bu iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat ishlarida samarali raqobat siyosati amalga oshirilishi oqibatida tovarlar va xizmatlar bozorlarida monopoliyalashtirish darajasi sezilarli ravishda pasaydi. Erishilgan natijalar asosan tovarlar va xizmatlar bozorida erkin raqobatlashadigan yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbir- korlik subyektlari tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishida namoyon bo‘ldi. Pirovardida bu sog‘lom raqobat muhitini shakllantirdi. Ayniqsa, iste’mol bozorida monopol korxonalar soni sezilarli darajada qisqarmoqda. Bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning dinamik rivojlanayotganidan dalolat beradi. Saqlanib qolgan monopollashgan bozorlarda, bozor subyektlari va monopoliyaga qarshi qonunlarni buzuvchi subyekt tuzilmalarining harakatlari sezilarli ravishda o‘zgardi. Respublika iqtisodiyotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar va huquqiy himoya tizimini takomillashtirish yuzasidan bir qancha yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy 250 javobgarligini erkinlashtirish, nazorat funksiyalarini bajarish tizimini takomillashtirish va yanada qisqartirish uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Hukumatimiz tomonidan keyingi yillarda xususiy biznes, ya’ni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tinimsiz ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15- maydagi «Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar yaratildi. Bu esa tovar bozorlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokini rag‘batlantirib, pirovard natijada sog‘lom raqobat muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, respublikamizda bozor munosabatlari tizimida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, rivojlantirish va asosan yaratilgan raqobat muhitini himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanmoqda. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling