Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


 Raqobat va uning iqtisodiy mazmuni


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1. Raqobat va uning iqtisodiy mazmuni 
Raqobat bozor mexanizmida muhim o‘rinni egallaydi. Bozor 
mexanizmi ishlab chiqaruvchilarni yangilikka undaydi, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilishni talab qiladi. Moddiy resurslar mehnat resurslari 
insonlarning yuksalib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovar 
va xizmatlarni yaratuvchi sohalarga yo‘naltiradi. 


 246
Raqobat qonuni ham ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Global 
dunyoda raqobatda yutqazmaslik uchun ishlab chiqaruvchilar doimo 
yangilikni joriy etib boradilar, ular yangi texnologiyani kiritadilar
yangidan-yangi tovarlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif etish yo‘liga 
o‘tadilar. 
Raqobat (lotincha «sopsiggege» – qarama-qarshi, musobaqalashmoq 
ma’nolarida) – iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlaridan 
kelib chiqib, muayyan maqsadlarga erishish uchun bitta bozorda faoliyat 
ko‘rsatayotgan bir necha kompaniyalarning (xo‘jalik subyektlarining) 
kurashidir.
Tovar va moliya bozorlari tarkibiga ta’sir ko‘rsatuvchi davlat siyosati 
dastaklari orasida monopoliyaga qarshi raqobat siyosatini alohida ajratish 
mumkin. Raqobat bozor iqtisodiyoti va umumtovar xo‘jaligining eng 
muhim belgisini rivojlantirish usuli hisoblanadi. Prezident Islom Karimov 
raqobatni bozor iqtisodiyotidagi o‘rnini: «Raqobat bo‘lmasa, bozor 
iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat – bozorning asosiy sharti, 
aytish mumkinki, uning qonunidir»
1
, – deb ta’kidlaydi. Raqobatsiz 
iqtisodiy taraqqiyot yo‘q, binobarin, farovonlikni ham oshirib bo‘lmaydi. 
Qayerda raqobat so‘nsa, shu yerda iqtisodiy turg‘unlik, retsessiya, hatto 
tanglik vaziyati paydo bo‘ladi, demak, farovonlikka erishish qiyinlashadi. 
Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini 
to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshi daromad topish, o‘z mavqeini 
mustahkamlash, o‘z qobiliyatini namoyish etish, o‘z obro‘siga ega 
bo‘lishdir. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli 
tomondan yondashishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar 
(korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab 
chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman 
iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. 
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining resurslarini (kapital, yer-
suv, ish kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab 
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat 
bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda 
yorqin namoyon bo‘ladi. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, 
ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar
ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq foydaga ega 
bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun 
kurashadi. 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪɝɚ ɢɧɬɢɥɦɨԕɞɚ. – Ɍ., 2000. – Ȼ. 34.


 247

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling