Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli. 1990-yili respublikamizda 
nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol bozorida o‘ta taqchillik vujudga 
keldi. Aholining sifatli kiyim-bosh, poyafzal, uzoq muddat foydalanishga 
mo‘ljallangan tovarlarni xarid qilishi imkoniyatlari cheklangan edi. 
Odamlarga mebel, gilam, muzlatgich, televizor va yengil avtomobillarni 
sotish ko‘pincha korxonalar orqali oldindan tuzilgan ro‘yxatlar asosida 
amalga oshirilar, bunday tovarlarni xarid qilish uchun esa bir necha yillab 
navbat kutishga to‘g‘ri kelar edi. Barcha turdagi nooziq-ovqat 
mahsulotlarining qariyb 88 foizi chakana savdo tarmoqlarida katta 
uzilishlar bilan sotilardi. 
1
Qarang: ɋɨɰɢɚɥɶɧɨɟ ɪɚɡɜɢɬɢɟ ɋɋɋɊ. – Ɇ., 1988. – ɋ. 145.


 240
4-jadval 
Aholining uzoq muddatli foydalaniladigan mahsulotlar bilan 
ta’minlanishi (har 100 xonadonga to‘g‘ri keladigan 
 tovarlar soni) 
1990-yil 
2000-yil 
2010-yil 
Televizorlar
90 
88 
132 
Muzlatkich va muzxonalar 
80 
86 
99 
Konditsionerlar 9 
11
18,5 
Elektr changyutgichlar 
29 
30 
37 
Personal kompyuterlar
– 
0,1 
12 
Fotoapparat va videokameralar 
21 
21 
24 
Videomagnitofon, videopleyer va DVD 
pleyerlar 
1 31 64 
Kir yuvish mashinalari 
67 
69 
75 
Mobil aloqa vositalari 
– 
18 
145 
Avtomobillar soni o‘rtacha har 1000 nafar 
aholiga, birlikda 
21,9 38,9 51,5 
Avtomobillar soni o‘rtacha har 100
xonadonga, birlikda 
11,9 20,1 27,1 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi. 
Aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan nooziq-ovqat 
mahsulotlarining katta qismi respublikamizda ishlab chiqarilmas, balki 
chetdan keltirilar edi. Jumladan, televizorlar, kir yuvish mashinalari
gazmollarning qariyb 40 foizi, barcha turdagi oyoq kiyim va boshqa 
shunga o‘xshash mahsulotlarning 30 foizi chetdan olib kelinardi. 
Mustaqillik yillarida yurtimizda iste’mol mahsulotlari ishlab 
chiqarishning ancha faol o‘sishi asosan 2000-yildan so‘ng, mamlakatimizda 
ularni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan shart-sharoitlar bosqichma-
bosqich yaratila boshlangandan keyin kuzatildi. Hozirgi vaqtda 
mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari, yengil 
avtomobillarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlay oladi. Mamlakatimizda 
televizorlar, konditsionerlar va ekologik xavfsiz muzlatgichlar ishlab 
chiqarish hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Trikotaj mahsulotlari, oyoq 
kiyimlar tayyorlash va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarida ham ishlab 
chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. 
Agar 2000-yilga qadar o‘tish davrining obyektiv shart-sharoitlari 


 241
tufayli aholining asosiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi va 
ta’minoti pasaygan bo‘lsa, so‘nggi o‘nyillikda bu boradagi 
ko‘rsatkichlarda barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu jarayonda 
uy xo‘jaliklari eskirgan va noqulay maishiy va elektrotexnika 
buyumlaridan voz kechib, yangi, zamonaviy, sifat jihatdan eski 
buyumlardan keskin farq qiladigan mahsulotlarni tez sotib olmoqda. 
Qayd etilgan davrda mutlaqo yangi mahsulotlar paydo bo‘ldi. Bugun 
ularni xonadon egalari katta qiziqish bilan sotib olmoqda: raqamli 
televizor va fotoapparatlar, sun’iy yo‘ldosh antennalari va mobil 
telefonlar, DVD pleyerlar, kompyuter va unga qo‘shimcha qurilmalar, 
noutbuklar va boshqa elektron texnikalar, qurilish materiallarining yangi 
turlari, qadoqlash buyumlari va boshqa ro‘zg‘or ashyolari shular 
jumlasidan. Shunisi e’tiborliki, xonadonlarning zamonaviy maishiy va 
elektrotexnika bilan ta’minlanish sur’atlari yurtimizning barcha 
hududlarida bir maromda, mutanosib tarzda o‘sib bormoqda. 
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uzoq muddat foydalanishga 
mo‘ljallangan buyumlar bilan ta’minlanish bo‘yicha mamlakatimizda 
yuksak darajaga erishilgan. Buni har 100 xonadonga 132 ta televizor, 99 
ta sovutgich, 64 ta DVD pleyer, 145 ta mobil telefon to‘g‘ri kelishi 
tasdiqlaydi. 1990-yilda o‘nta oiladan bor-yo‘g‘i bittasi shaxsiy 
avtomobilga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib har uchta oilaning 
bittasida avtomobil mavjudligi aholi farovonligi va moddiy ta’minlangani 
oshib borayotganini ko‘rsatadi. 
Aholining xarid qobiliyati, ya’ni uning oylik maosh va pensiya 
hisobidan eng zarur iste’mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan 
foydalanish imkoniyatlari aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab va 
ehtiyojlarining ta’minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini 
aks ettiradi. O‘rtacha oylik maosh xarid qobiliyatining o‘sish dinamikasi, 
minimal iste’mol savati bilan qiyoslaganda, hozirgi paytda 7,2 barobar 
oshdi. 
Modernizatsiya strategiyasi iqtisodiyotimizni yaqin yillar ichida 
yanada barqaror, o‘ziga baquvvat, jahon va mintaqaviy bozorlarda 
raqobatdosh bo‘lmog‘i uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va 
diversifikatsiya qilish natijasida aholining mustaqillik yillarida yuksalib 
borayotgan ehtiyojlarini qondirish pirovard natijada xalqimiz farovonli-
gini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu o‘rinda mamlakatimiz va 
mintaqamizdagi mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda, gazni qayta 
ishlash, neft-kimyo, energetika, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoat-


 242
lari, mashinasozlik, farmatsevtika kabi zamonaviy sohalar, ishlab 
chiqarish tarmoqlarini va albatta, axborot texnologiyalari va telekommu-
nikatsiya tizimlarini jadal rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda, 
yaqin kelajakda raqamli va keng o‘lchamli televideniyega o‘tish 
rejalashtirilgan. 
Shular qatorida birinchi navbatda yengil, to‘qimachilik va oziq-ovqat 
sanoatida paxta tolasi, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xom 
ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishni, 
qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, sifatli va barqaror 
talabga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlar tayyorlaydigan korxonalar tashkil 
etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yuqoridagilarning barchasi 
mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash orqali aholining ommaviy 
farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, farovonlik 
ta’minlangan joyda tinchlik osoyishtalikka zamin tayyorlanadi. O‘rtacha 
mulkdorlar sinfiga oid qatlam miqdori ko‘payadi, ijtimoiy zo‘riqishning 
oldi olinadi. Ishsizlar soni minimal darajaga tushiriladi va bu jinoyat-
chilikning kamayishiga olib keladi. Oqibatda huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar xodimlarining xizmat yuki kamayadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling