Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOZOR TIZIMIDA RAQOBAT
Daromad effekti – bahoning iste’molchi boyligi yoki real daromadining
darajasi bilan aloqadorligini ifodalovchi effekt. O‘rnini bosish effekti – tovarlarning nisbiy bahosi bilan iste’molchi talabining hajmi. Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 1. Talab xaridorlarning bozordagi tovarlarni muayyan narxda xarid etishga shay bo‘lishlaridir. Talab asosida ehtiyoj yotadi, lekin buni bozorda talabga aylanishi uchun xaridorning tovarlarni sotib olishga puli yetarli bo‘lishi kerak. Aks holda ehtiyoj talab hosil etmaydi. Ayrim xaridorning talabi individual talab bo‘lsa, jami xaridorlarning talabi bozor talabi bo‘ladi. 2. Talabga ta’sir etuvchi omillar uch guruhga ajraladi: a) narxlar. Bu muayyan paytdagi aniq bir tovar narxi, o‘rinbosar tovarlar narxi va o‘zgarishi kutiladigan narxlar. Bular talabni oshirishi yoki qisqartirishi mumkin; b) xaridorning pul daromadi yoki xarid qurbi. Narx o‘zgarmagan holda daromad oshsa, talab ko‘payadi, aksi bo‘lsa talab kamayadi; c) xaridorning qaysi tovarni afzal ko‘rishi, bu uning didiga va xohishiga bog‘liq. Narx va daromadni xaridor o‘z bilganicha o‘zgartira olmaydi, lekin ularni nazarda tutgan holda xaridor o‘zi afzal ko‘rgan tovarga talab bildiradi. 3. Talab qonuni – bozor qonuni. Unga binoan tovarlarga talab ularning narxiga nisbatan teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Bu qonunning naqadar amal qilishini talabning narxiga bog‘liq elastikligi, ya’ni narx o‘zgarishiga javoban talabning qanday darajada o‘zgarishi ifoda etadi. Bozorga elastik talab xos bo‘ladi, bunda narx o‘zgarishiga nisbatan talab ko‘proq o‘zgaradi. 4. Narxdan tashqari talabga xaridor daromadlari ham ta’sir etadi, biroq buni talab qonuni ifoda etmaydi. Daromadning talabga ta’siri uning samarasi bo‘ladi. Narx o‘zgarmagan sharoitda talab daromadga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Talabning daromadga bog‘liq elastikligi ham borki, bunda talab daromaddan jadalroq o‘zgaradi. 245 5. Talabni tovarning qadr-qiymati ham belgilaydi, bu esa tovar nafliligining uning narxiga nisbatan qiyoslanishidir. Naflilik tovarning ehtiyojni qondira olish xususiyati bo‘lib, buni xaridorlar subyektiv baholaydilar. Shunga ko‘ra tovarni afzal ko‘rish paydo bo‘ladiki, bu ham talabni yuzaga chiqaradi. Iqtisodiyotda marginal (cheklangan) naflilik qonuni amal qiladi, unga binoan bozordagi talab qondirilgan sari so‘nggi qo‘shimcha tovarlar nafliligi pasayib boradi. Naflilikning pasayishi talabni qisqartiradi, bozor talabiga javob berish uchun nafliligi yuqori tovarlarni ishlab chiqarishga o‘tish zarur bo‘ladi. 6. Talabga taklif peshvoz chiqadi. Tovarlar taklifi – bu muayyan narx amal qilganda tovarni sotish uchun bozorga qo‘yilishidir. Muayyan tovarni ayrim ishlab chiqaruvchining taklif etishi bu individual taklifdir. Ana shunday tovarni barcha ishlab chiqaruvchilar taklif etishi bozor taklifi hisoblanadi. 7. Bozorda taklif qonuni ham amal qiladi, unga binoan taklif narxga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Mazkur qonunning amal qilishini taklif elastikligi, ya’ni taklifning narxga javoban naqadar o‘zgarishi bildiradi. Bozorga elastik taklif xos bo‘ladi, bu taklifning narxga nisbatan tezroq o‘zgarishini bildiradi. 8. Taklifga sotishga qo‘yilgan tovarlar narxidan tashqari boshqa omillar ham ta’sir etadi, lekin buni taklif qonuni taqozo etmaydi. Bular jumlasiga resurslar narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, davlat ishlab chiqaruvchilardan oladigan soliq va ularga beradigan subsidiyalar (yordam puli), narxlarning o‘zgarish ehtimoli, o‘zga tovarlar narxi, qo‘shimcha resurslar va ishlab chiqarish quvvatlarining bo‘lish yoki bo‘lmasligi kiradi. Mazkur omillar taklifga turli yo‘nalishda va har xil kuch bilan ta’sir etadi va shunga bog‘liq holda taklif o‘zgaradi. 9. Ehtiyojlarning o‘z vaqtida qondirilmasligi iste’molchilarni stress (tushkunlik)ga soladi. Oqibatda salbiy hodisalar (o‘g‘rilik, bosqinchilik kabi jinoyatlar) kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 10- MAVZU. BOZOR TIZIMIDA RAQOBAT Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling