«Sof» monopoliya (monopsoniya) – bozorda yolg‘iz harakatlanuvchi va
cheksiz bozor hokimiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy tuzilma.
Bozor axloqi – erkin raqobatda ishtirok etish natijasida olingan har
qanday daromad adolatli sanaladigan axloq.
Aksilmonopol siyosat – davlat boshqaruvi tegishli organlarining
iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish hamda monopoliyalarni tartibga solish
borasidagi faoliyati.
Qaytarib bo‘lmas yo‘qotishlar – iste’molchilar va ishlab chiqaruv-
chilarning monopol hokimiyatni amalga oshirishdan ko‘radigan to‘liq sof
zarari.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish – davlatning firmalar qo‘shili-
shini va boshqa firmalararo bitimlarni cheklovchi choralar tizimini ishlab
chiqishga qaratilgan siyosati.
Ishlab chiqaruvchining ortiqcha mahsuloti – ishlab chiqaruvchilar
tovar va xizmatlar sotishdan oladigan jami sof foyda; monopol hokimiyat
sharoitida iste’molchilarning ortiqchalari hisobiga to‘ldiriladi.
Inflatsiya salohiyati – iqtisodiyotda monopoliya tamoyillarining
kuchayishi bilan bog‘liq inflatsiya imkoniyati, ular orasida eng xavflisi
iste’mol sektoridagi tovar yetishmovchiligi.
Ma’muriy buyruqbozlik monopoliyalari – xarajatlarni sun’iy ravishda
oshirish, mahsulot sifatini pasaytirish va raqobatning asoslarini ma’muriy
asosda yo‘q qilish natijasida yuzaga kelgan monopoliyalar.
Tadbirkorlik monopoliyalari – transformatsion va transaksion
xarajatlarni kamaytirish oqibatida raqobatchilarni siqib chiqarish natijasida
yuzaga kelgan monopoliyalar.
Monopoliyalar faoliyatini tartibga solish – davlatning mavjud
monopoliyalar faoliyatini maqbullashtirish va ularning bozordagi hokimiyatini
bir qadar cheklashga qaratilgan choralari tizimi.
Monopoliya bozor strategiyasining maqsadi – ortiqcha iste’molchilarni
egallab olish va uni qo‘shimcha foyda olish manbaiga aylantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |