Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish –


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish – monopoliyaga 
qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organga axborot bermaslik yoki 
haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni bila turib, taqdim qilish, shunday 
qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki 
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 


 268
Monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organning 
qonun-qoidalarni buzishni to‘xtatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni 
bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi talablarini yoxud boshqa qonuniy 
ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki ularni o‘z vaqtida 
bajarmaganlik, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan 
keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yigirma besh 
baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha 
muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud tuzatish ishlari bilan jazolanadi 
(O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 183-modda).
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Raqobat iqtisodiyot subyektlari manfaati to‘qnashgan sharoitda ular 
o‘rtasida yuz beradigan kurashdir. Bu kurash raqobat qonuniga ko‘ra muqarrar 
bo‘ladi, bozorga xos usullarda yuz beradi, iqtisodiyot subyektlarining saylanib 
olinishini keltirib chiqaradi. Raqobatlashuv usullari narxni o‘zgartirish, tovar 
sifatini oshirish, servisni yaxshilash va reklamani o‘tkazishdan iborat. 
2. Raqobat maydoni bozor, biroq turli bozorlarda raqobat ishtirokchilari 
har xil bo‘ladi, ularning raqobatdan ko‘zlagan maqsadi ham turlichadir. Bir 
bozorda ishlab chiqaruvchilar-sotuvchilar kurashsa, boshqa bozorda 
iste’molchilar bellashadi, yana boshqa yerda ishlab chiqaruvchilar bilan 
iste’molchilar raqobatlashadi. 
3. Erkin bozorda mukammal raqobat yuz beradi, bu sof raqobat 
hisoblanadi, chunki raqobat hech bir cheklanmagan bo‘ladi, unda ko‘pchilik 
ishtirok etadi, ularning raqobati narx vositasida bo‘ladi. Erkin bozorda uning 
hech bir ishtirokchisi narxga ta’sir eta olmaganidan uni borligicha qabul qilib, 
shunga ko‘ra ish tutadi. Bu yerda narx marginal xarajatlarga yaqin turadi, biroq 
kurash jarayonida u o‘zgartiriladi. Erkin bozor ochiq bo‘lganidan bu yerga 
kirib kelish va undan chiqib ketish mumkin, shu sababli raqobat so‘nmaydi. 
Biroq foyda topilganda bu bozorga kiriladi, zarar ko‘rilganda undan chiqiladi. 
Mukammal raqobat ishlab chiqarishdan ham ishlab chiqaruvchilarni, ham 
iste’molchilarni manfaatdor qiladi, chunki ishlab chiqarish yutug‘ini ular 
baham ko‘rishadi. 
4. Nomukammal raqobat ishtirokchilari ozchilik bo‘lgan va cheklangan 
tarzda yuz beradigan, monopoliyalarga xos raqobatdir. Buning asosiy 
ko‘rinishi monopol va oligopol raqobatdir. Monopol raqobatli bozorda 
ko‘pchilik firmalar sifat, servis, reklama va tovar belgilari vositasida 
kurashadilar. Bu yerda erkin bozordagidan yuqori, ya’ni marginal xarajatdan 
yuqori bo‘lgan narxlar amal qiladi. Bu bozor ochiq, lekin unga kirib o‘rnashib 
olish uchun katta kapital kerak, binobarin, bu raqobatni cheklaydi. 
Oligopoliya bozorida g‘oyat yirik va ozchilikdan iborat kompaniyalar sifat 
va servis vositasida raqobatlashadilar, ular narxni kelishgan holda, marginal 


 269
xarajatdan ancha yuqori qilib o‘rnatadilar. Bu bozorga kirib raqobatlashuv juda 
qiyin, lekin buning uddasidan ulkan firmalar chiqa oladilar. Sof monopoliya 
bozorida tovar taklifi yakka-yu yagona firma qo‘lida bo‘lganidan uning raqibi 
bo‘lmaydi, biroq bu firma resurslar bozorida raqobatlashadi. Bu yerda bozor 
konsentratsiyasi kuchli bo‘lganidan bozor hokimiyati hosil bo‘ladi va bu bozor 
narxiga ta’sir etish miqyosi bilan aniqlanadi. Bozor hokimiyati koeffitsiyenti 
amaldagi narxlarning marginal xarajatdan naqadar yuqori bo‘lishini bildiradi. 
Monopsoniya bozorida xaridor yagona bo‘lganidan ko‘pchilik ishlab 
chiqaruvchilar uning pulini olish uchun kurashadilar. Raqobat turlari sof holda 
kamdan-kam uchraydi, ular yonma-yon turadi, hatto chirmashib ham ketadi. 
5. Raqobat muqarrar bo‘lganidan firmalar unga oid strategiyasini ishlab 
chiqadi. Bunda bozorda o‘zini qanday tutish, raqobatga borish yoki til 
biriktirib, unga bormaslik yo‘li aniqlanadi. Raqobatga borilganda o‘z 
tovarlarining raqobatbardoshligiga, ya’ni uning xaridorlarga ma’qul bo‘lishiga 
asosiy e’tibor beriladi, strategiyada raqobatlashuv usuli ham belgilanadi. 
6. Bozor tizimiga raqobatchilik muhiti xos bo‘ladiki, bu iqtisodiy 
erkinlikdan boshqa narsa emas. Buni ta’minlashda davlat faol qatnashadi. 
Xususiy mulk va iqtisodiy erkinlik qonun yo‘li bilan kafolatlanadi, 
raqobatchilarning bozorga kirib kelishi uchun qulay sharoit yaratiladi, davlat 
mulki xususiylashtiriladi. Raqobatchilikni ta’minlab turish uchun davlat 
antimonopol siyosat qo‘llaydiki, bunga binoan yangi monopoliyalarning hosil 
bo‘lishining oldi olinadi, eski monopoliyalar jilovlab turiladi, kompaniyalar 
qo‘shilib monopoliya hosil etishi taqiqlanadi, saqlanib qolgan monopoliyalar 
narxi nazorat qilinadi. 
7. Raqobatlashish muhitining vujudga kelishi va uni saqlashda davlatning 
roli. Davlat iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman antimonopol yo‘l 
tutishni talab qiladi, chunki busiz raqobatlashish vaziyati paydo bo‘lmaydi. Bu 
nazarda tutilib O‘zbekistonda Monopolistik faoliyatni cheklashga oid huquqiy 
kafolatlar yaratildiHuquqiy kafolatlarga ko‘ra: 
bozorda sun’iy taqchillikni hosil etish
narxlarni monopollashtirish; 
raqobatlarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish; 
raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. 
8. Jenevada o‘tkazilgan jahon iqtisodiy forumidagi ma’ruzada 
mamlakatlarning raqobatbardoshliligiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar deb 
belgilangan edi: 
ichki mikroiqtisodiy salohiyat; 
boshqaruv darajasi (foydaliligi, javobgarligi va yangiliklarni kiritish 
nuqtai nazaridan); 
ilmiy-texnik salohiyat (fundamental va aniq fanlar izlanishlarining 
muvaffaqiyatliligi jihatidan); 


 270
xalqaro savdoda qatnashishi va investitsiyaning oqimi darajasi; 
raqobat muhitini shakllantirishga hukumat siyosatining ta’siri darajasi; 
moliya tizimining sifati va samaradorligi; 
infratuzilma ahvoli; 
mehnat resurslarining holati va kvalifikatsiyasi.
9. Ma’lumki, iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm 
ko‘rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirish 
masalalari g‘oyat ahamiyatlidir. Respublikamizda sog‘lom raqobat muhitini 
yaratishga mustaqillikning dastlabki yillaridayoq alohida e’tibor qaratilgan. Bu 
haqda O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari qabul qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasining antimonopol qonunchiligi: 
– «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun (2011-y). Unda bozorda ataylab 
taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatga to‘sqinlik qilish 
va uning g‘irrom usullarini qo‘llash taqiqlanadi; 
– «Obyektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan 
chiqish tartibi to‘g‘risida»gi nizom» (1994-y). Unda o‘z monopol mavqeini 
suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki mayda-
lashtirish ko‘zda tutiladi; 
– «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun 
(1996-y). Qonunda belgilanishicha, g‘irrom raqobat va bozorlarga belgilangan 
talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarish taqiqlanadi. 
O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshiruvchi 
muassasalar: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Monopoliyaga qarshi ishlarni 
tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 
2010-yil 26-fevraldagi farmoniga muvofiq, 
monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, 
raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar korxonalari 
faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy nochor 
korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlarini faollashtirish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi. 
11- MAVZU. MENEJMENT VA MARKETING ASOSLARI 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling