Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
1. Rejalashtirish – o‘z mohiyat-e’tibori bilan qarorlar tayyorlash
jarayonidir, ya’ni F. Teylor ta’kidlaganidek, maqsadni tanlash va uning bosqichlari quyidagilar: – maqsadni o‘rtaga qo‘yish; – mavjud imkoniyatlarni, shart-sharoitlarni aniqlash; – muqobil sharoitlarni belgilab olish; – eng yaxshi yo‘lni tanlash; – rejani ishga solish va bajarish. 2. Tashkil etish, ya’ni vositalarni tanlash – menejer va ijrochilar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. Bu, avvalo, menejerning o‘z imkoniyatlariga baho berishi, o‘ziga bo‘ysunadigan xodimlarni o‘rganib chiqishi, har bir xodimning nimalarga qodir ekanligini aniqlab olishi, kuchlarni joy-joyiga qo‘ya bilishidir. Ushbu tashkilotchilik faoliyati boshidan oxirigacha korxonaning juda aniq yozilmalari doirasida o‘tadi. 3. Motivatsiya. Tayyorgarlik choralarini ko‘rib bo‘lgandan keyin 273 menejer ishning muvaffaqiyatli sur’atda bajarilishini ta’minlashi kerak. Shu maqsadda quyidagilardan foydalanadi: a) rag‘batlantirishdan, ya’ni tashqi omillar (moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish) yordamida xodimni jo‘shqin faoliyatga undashdan; b) asl motivatsiya, ya’ni xodimda mehnatga ichki (psixologik) rag‘batlar hosil qilishdan – mehnatdan manfaatdorlik, mehnat faoliyatiga ehtiyoj sezish, mehnat faoliyatidan qanoat tuyg‘usini hosil qilish muhimdir. 5. Nazorat – haqiqatda erishilgan natijalarni tekshirib chiqish va topshirilgan vazifalar bilan solishtirib ko‘rishdir. Teskari aloqa yaxshi yo‘lga qo‘yilgan taqdirda, ya’ni tegishlicha nazorat olib boriladigan mahalda tashkiliy jihatdan oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin. Menejmentning hamma asosiy vazifalari menejerning qaror qabul qilishga doir xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. «Samarali qarorlar, – deb ta’kidlaydi menejment xususida amerikalik nazariyotchi K. Killen, – tijorat korxonasining yashab borishi uchun garovdir. Bunday qarorlar boshqaruvchining yuqorida aytib o‘tilgan vazifalaridan har birining muhim elementidir». Menejerlar – korxona va kompaniya egalari bo‘lmagan yollanma, malakali boshqaruvchilardir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalar, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo‘lgan boshqaruvchisi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchi kabi rahbar xodimlari, qimmatbaho qog‘ozlar bilan uning egalari nomidan harakat qiluvchilar ham menejerlardir. Ular ma’rifatli jamiyatdagi maxsus ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida menejerlar xizmatining ishlab chiqarish va tovarlar muomalasini uyushtirishda vazifasi va roli beqiyosdir. Hozirgi davrda menejerlik vazifalari quyidagilardan iborat: 1) maqsad va manfaatlarni aniqlab olish; 2) ijtimoiy imtiyozlar berish; 3) ishdan bo‘shatish; 4) kasbga tayyorlash va malaka oshirish; 5) ish haqi to‘lash va rag‘batlantirish; 6) vazifalarni almashtirish; 7) xodimlarni tanlash va yollash; 8) xodimga baho berish va shahodatlash. Qaror qabul qilish, ya’ni bir to‘xtamga kelish, qanday bo‘lmasin biror fikrga kelish yoki qilinishi mumkin bo‘lgan ishlarning aniq-tayin bir 274 yo‘lini tanlab olish – menejment sohasining eng muhim elementlaridan biridir. Bu ish menejerning fikri-zikrini doimo band qilib turadigan tashvishdir. U juda xilma-xil masalalar – tashkiliy, kadrlarga oid, texnologik, ta’minot va savdo yuzasidan qaror qabul qiladi. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo‘lsagina, ana shu holda u o‘rinli deb hisoblanadi. Shu o‘rinda davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Bankrotlikka uchramaslikning yana bir muhim omili, bu o‘z biznesini boshqarishni takomillashtirish, boshqacha aytganda, menejment san’atini puxta egallashdir. Katta biznesga nisbatan kichik biznesda menejment- ning roli ko‘proq ahamiyat kasb etadi, chunki kichik biznes sohasida ishlab chiqarishning tezkorligi, moslashuvchanligi katta biznesga nisbatan ancha yuqori bo‘lishi lozim» 1 . Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling