Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Vazirlar va ularning vazifalari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Vazirlar va ularning vazifalari 
ʋ
Vazirlar Vazirlarning 
vazifalari 
1. Mamlakat va raiyat 
vaziri 
Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda 
chiqib turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, 
olingan hosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, 
davlat xarajatlari, el-yurtning obodonchiligi va 
aholining farovonligi qay darajada ekanligidan 
oliy hukmdorni xabardor qilib turgan. 
2. Sipoh vaziri 
Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan, 
uning qiyinchilik va parishonlikka tushib 
qolmasligining chora-tadbirlarini ko‘rgan, sipoh 
ahvolidan doimo podshohni ogoh etib turgan. 
3. Mol-mulk, 
daromad, 
xarajatlar vaziri 
Turli sabablarga ko‘ra egasiz qolib ketgan yer-
suv va mol-mulkni boshqargan, zakot va boj 
yig‘imiga mutasaddilik qilgan. 
4. Sarkori xossa va saltanat 
ishlarini 
yurituvchi vazir 
Podshohga qarashli yer-suv va mol-mulk, 
shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini 
nazorat qilib turgan. 
5. Qozi kalon 
Adliya muassasalarini boshqargan. 
6. Jalol ul-islom 
Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo‘lgan 
nazoratchisi. 
7. Vaziri devoni insho 
Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan 
yozishmalar devonining boshlig‘i. 
Rahbarga qo‘yiladigan talablar. Rahbar madaniyati. Rahbar bir 
qator talablarga javob berishi kerak. «Rahbarlik qilish» degan iboraga 
izohli lug‘atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo‘naltirish, 
ko‘rsatma berish degan turli ta’riflarlar berilgan. Bundan ko‘rinib 


 280
turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo‘lgan 
talablar juda ko‘pdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo‘lish 
mumkin (2-jadval):
2-jadval 
Rahbarga qo‘yiladigan talablar 
ʋ Talablar 
Izoh 
1. Ma’naviy 
yetuklik 
siyosiy, huquqiy va axloqiy yetuklik; yuqori saviya va ong
ma’rifatlilik; madaniyatlilik; xodimlarni vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalashga qodirlik; topshirilgan ish uchun
shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik; 
shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo‘ysundirishga 
qodirlik; kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo‘lish; 
tashabbus va ilg‘orlikni qo‘llab-quvvatlash qobiliyati; 
prinsipiallik; tanqidga chidamli bo‘lish, o‘z-o‘zini tanqid 
qila bilish. 
2. Intizom 
va 
mehnatga 
bo‘lgan 
munosabat 
mehnatsevarlik; jamoa o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘ya 
bilish; atrofdagilarda mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish;
bir noshud rahbarning beg‘amligi yuzlab, minglab kishilar 
taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. 
Bu toifa boqibeg‘am rahbarlarning ish uslubi bilan murosa 
qilib bo‘lmaydi. 
3. Bilim 
darajasi 
iqtisodiyot, texnika va texnologiyani, boshqarish ilmini, 
funksiya va tuzilmasini bilish; istiqbolni bilishga qodirligi 
va h.k. 
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo‘lishi, uni 
doimo to‘ldirib va yangilab borishi kerak. Aks holda u 
obro‘ qozonmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo‘la 
olmaydi. 
4. Tashkilotchilik 
qobiliyati 
xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni 
ta’minlay olish; qo‘l ostidagilarni mehnatga o‘rgatish va 
tarbiyalashni bilish; jipslashgan jamoani vujudga keltira 
olish; maqsad sari intiluvchanlik; kutilmagan vaziyatlarda 
boshqarish qobiliyatini yo‘qotmaslik. 
«Yomon korxona yoki tashkilot yo‘q, lekin yomon 
rahbarlar bor». Bu ibora shuni anglatadiki, yomon ishlab 
turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilot-
chilik qobiliyati yuksak, mehnatsevar, talabchan, bilimdon 
rahbar tayinlansa, u korxonani tezda namunalilar safiga 
qo‘shadi. 


 281
Agar ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik 
qobiliyati past rahbar kelib qolsa, u korxona asta-sekin 
tanazzulga yuz tutadi. 
5. Boshqarish 
samaradorligini 
ta’minlay 
olish 
boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati
ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati; ishga oid xat, 
buyruq, farmoyishlar yoza bilish, turli manbalardan ish 
uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati;
rahbarlarni va qo‘l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;
asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish 
qobiliyati; 
rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy 
manfaatdorligini ta’minlash qobiliyati; 
boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni 
ta’minlay bilish; 
boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va 
h.k. 
Rahbarning sifat, xislatlarini belgilovchi mezonlar ko‘p. Biroq 
quyidagi ijobiy xislatlar ular orasida alohida mavqega ega:

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling