Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Marketingning mohiyati va vazifalari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
3. Marketingning mohiyati va vazifalari
Marketing va menejment hozirgi zamon iqtisodiy munosabatlarning muhim sohalari bo‘lib, o‘zaro bevosita bog‘langan va biri ikkinchisini to‘ldiruvchi elementlaridir. Bunday bog‘lanishning asosini ularning mohiyati va vazifalari tashkil qiladi, uning zaminida esa bozor holatini o‘rganish va olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, aniq bir xulosaga kelib, so‘ng ishlab chiqarishni zaruriy yo‘nalishda, hajmda tashkil qilish borasida boshqaruv qarorlarni qabul qilish kabi ahamiyatli faoliyat yotadi. Mavzu iqtisodiyot nazariyasi fanining boshqa mavzular bilan asosiy mantiqiy bog‘lovchi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ushbu sohalarning nazariy bilimlarini o‘zlashtirish va ulardan amaliyotda unumli foydalanish orqali yuqori natijalarga erishish aniqdir. Marketing – bozor holatini asosli o‘rganish va oldindan baholash bilan tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu yo‘sinda yaxshi foyda topishni uyushtirish kabi munosabatlarni bildiradi. Marketing inglizcha «market» so‘zidan olingan bo‘lib, bozor yoki bozorni asosida degan ma’noni bildiradi. Merketing nazariyasi XX asrning boshida AQShda vujudga kelgan. O‘sha davrda takror ishlab chiqarish ziddiyatlarining kuchayishi natijasida mahsulotlar sotish muammosi keskinlashgan davridir. Uning asoschilari, muomaladagi kamchiliklarni iqtisodiy rivojlanishning asosiy to‘sig‘i deb bilib, marketingni takomillashtirishning har xil usullarini taklif etadilar. Marketingni hozirgi davrgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlarini uch davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Avval marketing amaliyotda faqat tovarga yo‘naltirilgan tamoyil sifatida ko‘rindi. Birinchi davrda tovar sifatli va xaridorni qoniqtiradigan bahoda ishlab chiqarilsa, 284 iste’molchilar unga yaxshi munosabatda bo‘ladilar, degan mulohazalar hukm surgan. Keyinchalik faqat tovarning o‘zi bilan cheklanish yetarli emasligi ko‘rinib qoldi. Shu sababli ikkinchi davr 20–30-yillarda marketingda tovarlar sotish tamoyili olg‘a surildi. Xaridorlar ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olishlari uchun ma’lum darajada ularning savdosini uyushtirish zarur ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar shakllandi. Uchinchi davr 50–60-yillarda marketing to‘la bozor konsepsiyasi bo‘lib (bozorda esa iste’molchi), asosiy o‘rinni egalladi. Marketing – firma yoki tadbirkorning uzoq muddatli, yuqori darajali foyda olish niyatida faqat iste’molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyati ham hisoblanadi. Marketing faoliyatining asosiy obyektlari: bozor, iste’molchi, tovar, xizmat, baho, tovar harakati, reklama, sotish va uni rag‘batlantirish hisoblanadi. XX asrning o‘rtalarida marketing nazariyasi menejment (boshqarish) nazariyasi bilan qo‘shilib, boshqarish va marketing qoidalari to‘g‘risidagi fan sifatida boshqarishning bozor nazariyasi, degan nomni oldi. Marketing, ya’ni «boshqarishning bozor nazariyasi» bozorning mohiyati, uni o‘rganish va ishlab chiqarishning unga moslashishini ta’minlashdan iborat. Marketing tovar ishlab chiqarishda xaridorning aniq ehtiyojlarini va korxona imkoniyatlarini hisobga olishi, tovarlarni belgilangan vaqt va miqdorda sotishni tashkil etishi, xaridorlarning talab va ehtiyojlarini to‘la qondirishi, bo‘lg‘usi talablarni hisobga olish va unga mos yangi tovarlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishi va pirovard natijada korxonaning samarali ishlashini ta’minlashi kerak. Demak, marketing quyidagi vazifalarni bajaradi: – ishlab chiqarilayotgan tovarlar assortimentini asoslash; – iste’molchilar ehtiyojini o‘rganish va tahlil qilish; – bozorlarni tanlash; – narxni tashkil etish va sotishni rejalashtirish; – reklama; – firmaning tovar va xizmat uchun ijtimoiy javobgarligini ta’minlash; – savdo-iqtisodiy faoliyatni boshqarish; – talabdagi o‘zgaruvchanlikni barqarorlashtirish. Marketingning turli faoliyat sohalari, o‘z strategiyasi, prinsiplari va qoidalari mavjuddir. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajada ko‘tarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy uy-ro‘zg‘or xo‘jaligidan boshlab, to kosmosdan samarali foydalanishgacha bo‘lgan jarayonlarda va boshqa sohalarda yaqqol ko‘rinmoqda. Shuning uchun marketingning ikki mingdan ortiq faoliyatga mos keladigan ta’rifi (xillari) 285 yaratilgan. Shunga ko‘ra, marketing sotilayotgan tovarlarning iste’mol qiymatiga ko‘ra: iste’mol tovarlari bozori; xizmatlar bozori; ishlab chiqarish vositalari bozori; sarmoyalar bozori kabilarda namoyon bo‘ladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling