Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Yalpi milliy mahsulot (YAMM


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy xo‘jaliklarda bir yil 
davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib 
tushishi mumkin bo‘lgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning 
bozor narxidagi qiymatidan iborat bo‘ladi. 
Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2010-yil 12-
noyabr) «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlash-
tirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ru-
zasida: «Biz 
o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, 
ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, 
iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini 
yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi 
sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho 
berishimiz tabiiydir. Ma’lumki, O‘zbekiston 1991-yili o‘z mustaqilligini 
qo‘lga kiritganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-
buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, «O‘zbek modeli» deb 
nom olgan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.
Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu 
modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni 
tubdan o‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, 
uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi 
vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo‘lishi va ularni 
muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy 
siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish 


 298
tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni 
amalga oshirishdan iboratdir.
Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya’ni «shok terapiyasi» yo‘li bilan 
amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini 
tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi 
mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga 
muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Izchil 
yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining 
barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayot-
gan yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni mo-
dernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, 
shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot 
banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof 
etilmoqda.
Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz 
mobaynida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3,5 barobarni, 
aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real 
daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, 
ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya 
qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani, 
turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida 
onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaygani, 
odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, 
ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan 
ta’kidlasak arziydi, deb o‘ylayman.
2008–2010-yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida 
iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish 
pasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish 
sur’atlari 2008-yilda 9 foizni, 2009-yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010-
yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetishi kutilayotgani, kelgusi 2011-yilda 
esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab berilayotgani ko‘pgina xalqaro 
tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda», – deb 
ta’kidladi.
Demak, YAMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan 
barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxidagi so‘mmasi. 
Bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi 
mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni to‘ldiradi. Ya’ni YAMM hajmini 
hisoblab topishda zaxiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinishi zarur, 
chunki YAMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va 


 299
sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini 
to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YAMM hajmini 
topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga 
olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida 
yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling