Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


III BO‘LIM. MAKROIQTISODIYOT


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

III BO‘LIM. MAKROIQTISODIYOT 
12-MAVZU. MAKROIQTISODIY BARQARORLIK, IQTISODIY 
O‘SISH VA INVESTITSIYA SIYOSATI 
1. «Makroiqtisodiyot» tushunchasi, uning asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 
Ma’lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet Ittifoqi 
iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot 
hisoblanmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligiga, 
xom ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral – xom ashyo resurslaridan 
nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va 
boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish resurslari hamda iste’mol tovarlarining 
ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib 
qolgan edi. Mamlakat Prezidenti Islom Karimov uqtirganidek
«O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, 
izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan» mamlakat edi
1
.
1991-yildan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy 
mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, 
mineral xom ashyo boyliklaridan mamlakatimizdagi butun iqtisodiy 
resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari 
yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Yangi energetika
mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab 
yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va 
g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, 
izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari 
harakat natijalaridir. 
Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan 
yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat 
qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda. Milliy iqtisodiyot, 
barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro iqtisodiyotlarni
funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit 
iqtisodiyotdir. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling