Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroiqtisodiyot
Makroiqtisodiyot (lotincha «macro» – «katta», «uzun», arabcha
«iqtisodiyot» – xo‘jalik yuritish ma’nolarida) – iqtisodiy tizimdagi barcha 1 Qarang: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪɝɚ ɢɧɬɢɥɦɨԕɞɚ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1999. – Ȼ. 6. 295 ishtirokchilarning xususiyatlarini o‘rganish. Makroiqtisodiyot umumiqti- sodiy jarayonlarga urg‘u beradi. Umumiqtisodiy jarayon pul bilan «tirik». Pul bo‘lmagan, pul muammolari rivojlanmagan joyda makroiqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Atoqli ma’rifatparvar vatandoshimiz Abdulla Avloniyning yozishicha: «Iqtisodiyot deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda, so‘mni ayamas». Makroiqtisodiyot alohida mahsulot va xizmatlar bozorlarini o‘rganadigan mikroiqtisodiyotdan farqli o‘laroq, milliy iqtisodiyotni tizim ko‘rinishida, ya’ni mahsulot va xizmatlar, pul va qimmatbaho qog‘ozlar, yollanma ishchi kuchi bozorlarini bir-biriga bog‘lashda o‘rganadi. Makroiqtisodiyot fanining vazifasi yuqorida qayd etilgan bozorlar harakatining davlat aralashuvi hisobiga olingan holda makroiqtisodiy xususiyatlarni aniqlashdir. Makroiqtisodiyot – iqtisodiy fanlarning tarmog‘i bo‘lib, iqtiso- diyotning amal qilishini yaxlitlikda o‘rganadigan va tushuntiradigan fandir. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarni bir butun qilib birlashtirgan milliy xo‘jalik darajasidagi iqtisodiyotdir. Pozitiv makroiqtisodiyot – real iqtisodiy voqeliklarni o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi. Normativ (me’yoriy) makroiqtisodiyot – iqtisodiy faoliyatning aniq yo‘nalishlarini taklif etadi. Makroiqtisodiyotni o‘rganishning asosiy metodlari quyidagilar: – ilmiy abstraksiya; – analiz va sintez; – oddiylikdan murakkablikka; – deduksiya va induksiya; – statistik; – iqtisodiy-matematik, modellashtirish. Makroiqtisodiy siyosatning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: – pul-kredit (monetar); – budjet soliq (fiskal); – investitsiya; – tashqi savdo; – ijtimoiy. Makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifasi – makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini ta’minlashdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat 296 taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Ko‘pgina mikro ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib va ular iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, YAMMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Nihoyat, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Butun milliy iqtisodiyotning holatini xarakterlovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni keltirishni lozim topdikki, bu o‘quvchilarda mavzuni o‘rganish uchun qulaylik yaratadi: ¾ tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish: yalpi milliy mahsulot (YAMM); sof milliy mahsulot (SMM); milliy daromad (MD). ¾ budjet-soliq sohasi: davlat budjetining daromadlari va xarajatlari; davlat budjetining defitsiti (taqchilligi); YAIMdan soliqlarni olish darajasi. ¾ pul-kredit sohasi: inflatsiya darajasi; Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi; pul massasi hajmi. ¾ tashqi savdo: 297 eksport; import; tashqi savdo aylanmasi. ¾ turmush darajasi: aholi jon boshiga YAIM; aholi jon boshiga MD; aholi daromadlari; aholining shaxsiy tasarrufidagi daromadlar; iste’mol baholari indeksi. ¾ aholi bandligi: ishsizlik darajasi; ish bilan band bo‘lganlar va ish kuchi soni. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling