Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Qo‘shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Qo‘shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlan- gandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Boshqacha aytganda, qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YAMM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi. YAMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlab va xizmatlarning bozor narxidagi so‘mmasi bo‘lganligi uchun tovarning o‘zi, uning nafliligi ko‘paymagan holda baholar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Baho ishlab chiqarish ymumiy hajmining har xil elementlarini yarona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor baholarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas baholarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot, deb yuritiladi. Turli yillarda ishlab chiqarilgan YAMM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, narx dapajasi bizga iqtisodiyotda inflatsiya (narx darajasining o‘sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining kamayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi. Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari so‘mmasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlar so‘mmasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi. Farb mamlakatlari va xususan AQShda narx indekslari ichida eng keng qo‘llaniladigani iste’molchilik tovarlari savati narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tipik shahar aholisi sotib oladigan iste’molchilik tovar va xizmatlarning 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor 300 savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning ymumiy darajasini hisoblash uchun YAMM narx indeksidan foydalaniladi. YAMM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste’molchilik tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YAMM narx indeksi, nominal YAMMni real YAMMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling