Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Makroiqtisodiy muvozanat. Makroiqtisodiy barqarorlikni
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi yo‘nalish
2. Makroiqtisodiy muvozanat. Makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda iqtisodiy o‘sish, investitsiyaning ahamiyati Milliy iqtisodiyot darajasida to‘liq bandlikka erishish, inflatsiyani eng kam darajaga keltirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, 309 makroiqtisodiy muvozanatni taqozo etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va umuman takror ishlab chiqarish ham iqtisodiyotning barcha darajasida, ya’ni mikro va makroiqtisodiyot darajasida iqtisodiy muvozanatning ta’minlanib turilishini zarur qilib qo‘yadi. Shunday ekan, iqtisodiy muvozanat, iqtisodiy o‘sish va takror ishlab chiqarish jarayonining eng muhim va asosiy shart-sharoiti bo‘lib yuzaga chiqadi. Iqtisodiy muvozanatga ta’rif berishdan oldin iqtisodiy fan tarixida bu muammo bo‘yicha ancha keng tarqalgan yondashuvlarga alohida e’tiborni qaratamiz. Iqtisodiyot fani tarixida «iqtisodiy muvozanat» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud bo‘lib, ularni umumlashtirilgan holda ikkita yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalish bevosita «iqtisodiy muvozanat» tushunchasining vujudga kelish va rivojlantirilishining tarixiy bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunda mazkur tushuncha «umumiy bozor muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha yetib keladi. Bu yo‘nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko‘plab modellari mavjud bo‘lib ular turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks ettirgan: 1) oddiy takror ishlab chiqarish modeli (F. Kene tomonidan XVIII asrda Fransiya misolida tushuntirib berilgan); 2) oddiy va kengaytirilgan kapitalistik ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi (XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan); 3) erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy muvozanat modeli (L. Valras tomonidan asoslangan); 4) «Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish» modeli (V. Lyontyev asos solgan); 5) qisqa davrli iqtisodiy muvozanat modeli (D. Keyns siklik rivojlanishni tahlil qilish orqali ko‘rsatib bergan). Iqtisodiy muvozanat nazariyasiga oid ilk fikrlar klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan biri A. Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» nomli asarida yoritilgan bo‘lib, unda iqtisodiy munosabatlarning barchasi bozor mexanizmi yordamida tartibga solinishi, talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat faqat bozor mexanizmi yoki «ko‘rinmas qo‘l» yordamida ta’minlanishi ta’kidlab o‘tilgan. Uning: «Alohida olingan har bir odam faqat o‘zini o‘ylagan holda, o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida qilgan harakatlari ko‘rinmas qo‘l orqali uning qiziqishi doirasiga mutlaqo kirmagan boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi va bu harakat ongli ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qilgandagiga qaraganda ko‘proq samara beradi», – degan mashhur fikri hozirgi kunda 310 ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ammo, u iqtisodiy muvozanatni ta’minlash jarayonlarida davlat ishtirokini mutlaqo inkor etgan. Iqtisodiy muvozanat nazariyasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan namoyandalardan biri J. S. Milldir. U: «Jamiyat ortiqcha puldan o‘z kuchi bilan qutula olmaydi, shu sababli yagona yo‘l narxning o‘sishi bo‘lib, faqat shu yo‘l bilan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash mumkin», – deb ta’riflagan. Uning fikricha, narx o‘sishini talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlangunga qadar davom ettirish zarur 1 . XX asrning 20-yillari oxirlari va 30-yillari boshlarida G‘arbdagi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida «Buyuk depressiya» nomi bilan mashhur bo‘lgan barqaror va uzoq davom etgan, makroiqtisodiy beqarorlik hukm surdi. Bundan yuz yil oldin shakllantirilgan klassik nazariya ta’limoti ro‘y bergan inqiroz jarayonlarning barcha jihatlari bo‘yicha tushuntirib berishga layoqatsiz bo‘lib qoldi. D. J. Keyns klassik iqtisodchilar nazariyasini tanqid qilib, iqtisodiyot nazariyasida haqiqiy to‘ntarish qilishga olib kelgan nazariyani yaratdi. Bu barcha iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanatlik to‘g‘risidagi g‘oyalari o‘zlari yashagan muhit sharoitidan kelib chiqqan holda, birmuncha cheklangan xarakterga egadir. Avvalo, ularning iqtisodiy g‘oyalari umumiy bozor muvozanatini tahlil qilish bilangina cheklanadi, xolos. Shu sababli ularning g‘oyalari iqtisodiyotning umumiy muvozanatligi yoki «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasini to‘liq yoritib berish darajasiga yetmagan, bu o‘z navbatida iqtisodiy muvozanatning umumiy shart-sharoitlari va namoyon bo‘lish shakllarini ham ko‘rsatib berolmagan. Buning sababi oddiy bo‘lib, siklik rivojlanish natijasida vujudga keladigan ishlab chiqarish sohalarini qamrab olgan va «ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari», deb nomlangan. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti doimiy inflatsiya va ishsizlik sharoitida rivojlanib, makroiqtisodiy beqarorlik xarakteri kuchayib borishi natijasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash ham ancha murakkab kechib, davlatning samarali makroiqtisodiy siyosat (moliya va pul kredit) olib borishini taqozo etadi. Hozirgi zamon iqtisodiyot fanida iqtisodiy muvozanatlik tushunchasi o‘quv adabiyotlari darajasida bo‘lsa-da, barcha 1 Qarang: Mill J.S. On the Defintion of Political Economy; and on the Method of Invtstigation Proper to it. In: Tssays on Some Unsettled Questions of Political Economy. L., p. 133–137. 311 jihatlari (sabablari, oqibatlari, natijalari) bilan birgalikda ancha keng tadqiq qilinadi. Jumladan, iqtisodiy muvozanatlikning mohiyati, uni ta’minlash muammolari K. Makkonell, S. Bryu tomonidan yopiq va ochiq iqtisodiyot uchun yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatligi orqali tushuntirilib beriladi. Ular ko‘plab alohida olingan bozorlardagi muvozanatli narx va ishlab chiqarish hajmini o‘rganish orqali xususiy muvozanatlikning tahlili bilan shug‘ullangan bo‘lsa, barcha turli xil bozorlardagi umumiy taklif hajmi va ulardagi narxlarning o‘rtacha darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni keng miqyosda o‘rganib chiqish orqali umumiy bozor muvozanatini ko‘rsatib berishga harakat qiladilar. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mualliflar va boshqa ko‘pchilik G‘arb iqtisodchilari tomonidan «iqtisodiy muvozanat» tushunchasi bo‘yicha zikr etilgan barcha iqtisodiy g‘oyalar ham «umumiy bozor muvozanati», ya’ni yalpi talab va yalpi taklif muvozanati doirasi bilan cheklanadi. Bundan tashqari ushbu tushunchalar ancha mavhumlashtirilib, murakkab matematik tenglashtirishlar va jadvali tahlil usullari orqali bayon qilinadi. Bu esa iqtisodiy hodisa va jarayonlarning iqtisodiy mazmunini ilg‘ab olishni ancha qiyinlashtiradi. Dunyodagi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiy tizimi yuzlab yillar davomida shakllanib, o‘zining rivojlanishida nisbatan barqarorlikni saqlab qolishi (siklli rivojlanish natijasida kelib chiqadigan iqtisodiy beqarorliklarni hisobga olmaganda) o‘z-o‘zidan «umumiy iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasini nazariy tadqiq qilishni «kun tartibi»dan chiqarib qo‘yadi. Sobiq sotsialistik tizim amal qilib turgan davrda uning tarkibiga kirgan mamlakatlarda jamiyat ehtiyojlari va ishlab chiqarish hajmi bir markazdan turib muvofiqlashtirilib borilganligi tufayli iqtisodiy muvozanatlik muammosi o‘quv adabiyotlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida qayd qilinmagan va o‘rganilmagan. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining to‘liq mos kelishi hamda «Rejali va proporsional rivojlanish qonuni»ning amal qilishi, go‘yoki o‘z-o‘zicha iqtisodiy muvozanat va takror ishlab chiqarishning to‘xtovsiz kengayib borishini ta’minlaydi, degan aqidaning mavjud bo‘lishi har qanday muvozanatni ilmiy-nazariy tadqiq qilishni ham inkor etgan. 312 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu muammo haqida ta’kidlaganidek, «dono» Davlat Plan qo‘mitasi, undan yuqoriroqda esa partiya Markazqo‘mi idoralarni ishga solib, ma’muriy yo‘l bilan, reja-direktiv qarorlar tizimi orqali ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyati o‘rtasida sun’iy muvozanat tiklanardi» 1 . Iqtisodiy muvozanatlik nazariyasidagi ikkinchi yo‘nalish sobiq sotsialistik lager mamlakatlari iqtisodiy tizimining inqirozga uchrashi oqibatida vujudga keldi. Bu mamlakatlarda shiddatli tarzda ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliklar, ya’ni iqtisodiy o‘sish sur’atlari va bandlik darajasining surunkali pasayib borishi, inflatsiya jarayonlarining noxush oqibatlari hamda takror ishlab chiqarishdagi doimiy ravishda vujudga kelib turgan boshqa nomutanosibliklar, makroiqtisodiy muvozanatlikka erishish orqali iqtisodiy o‘sishni zarur qilib qo‘ydi. Bu nazariya iqtisodiy fanlar oldiga «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining iqtisodiy mazmunini, uni ta’minlashning shart-sharoitlarini va namoyon bo‘lish shakllarini ilmiy nazariy tadqiq qilish vazifasini ham qo‘yadi. Shu sababli sobiq SSSR hududida vujudga kelgan Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlari iqtisodchi olimlari tomonidan mazkur muammoning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bunda, albatta, rossiyalik iqtisodchilar bildirgan fikr va qarashlar ustuvorlikka ega. Biroq, «iqtisodiy muvozanatlik tushunchasi» turli iqtisodchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Ayrimlar, iqtisodiy muvozanatlikni cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish usullari va ularni jamiyat a’zolari o‘rtasidagi taqsimlashning o‘zaro mos kelishi sifatida tavsiflaydi 2 . «Iqtisodiy muvozanat» tushunchasiga berilgan bu ta’rif quyidagi sabablarga ko‘ra cheklangandir: Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling