Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Yalpi taklif
Yalpi talab
Baholarning 
o‘rtacha 
darajasi 
Ishlab
chiqarish 
texnologiyasi 
Pul 
taklifi 
Pulning 
aylanishi
tezligi 
Iqtisodiy 
resurslar 
unumdorligi 


 316
Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy 
miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. 
Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib 
olish layoqati va tovarlar taklifi budjet daromadlari va xarajatlari, alohida 
tovarlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatliklar ko‘rilganda 
yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida Prezidenti Islom Karimov 
ta’kidlaganidek, « ichki bozorda talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblikka 
erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar 
salmog‘i o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash g‘oyat katta rol o‘ynaydi»
1
.
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o‘zining barcha shakllari bilan 
birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni 
xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy 
muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, 
biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning 
ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq 
omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal qilinishini 
ta’minlash yo‘llarini topish imkonini beradi. 
Iqtisodiy muvozanatlikni aniqlash usullari. Iqtisodiy muvozanatlik 
erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat 
barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqozo qiladi. 
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to‘xtovsiz rivojlanish 
holatida bo‘ladi. Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor konyukturasi, bozor 
subyektlari daromadlari va talabi tarkibida o‘zgarishlar ro‘y berib turadi. 
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg‘un iqtisodiyotdagi shartli 
umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqozo qiladi. Iqtisodiy 
muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o‘zaro bog‘liq usuldan 
foydalaniladi:
1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli;
2) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. 
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab 
chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy 
mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va 
investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+1p) olinadi.
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi – bu ishlab chiqarishning 
shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun 
yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɛɭɸɤ ɤɟɥɚɠɚɤ ɫɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1999. 
– Ȼ. 348.


 317
mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy 
miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng 
bo‘ladi. To‘liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos 
kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda 
ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo‘lgan miqdori 
retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori 
inflyatsion farq deyiladi. 
Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati 
shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos 
daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol 
qilmasdan jamg‘arishga qo‘yishi mumkin. Jamg‘arish, sarflar – 
daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo‘yish hisoblanadi. Bunda 
jamg‘armaga qo‘yilgan mablag‘ investitsiyalar bilan to‘liq qoplansa, yalpi 
sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘ladi. 
Investitsion sarflarning ko‘payishi ishlab chiqarish hajmi va daromad 
darajasining o‘sishiga olib keladi. Bu o‘zaro natija multiplikator samarasi 
deyiladi. Multiplikator samarasi bu sof milliy mahsulotdagi 
o‘zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o‘zgarishga nisbati. 
Real SMMdagi o‘zgarish 
Multiplikator samarasi = ______________ 
investitsion sarflardagi o‘zgarish 
SMMdagi o‘zgarish = multiplikator x investitsiyalardagi o‘zgarish. 
Agar investitsion sarflarning 5 mlrd. so‘mga ko‘payishi sof milliy 
mahsulotning 20 mlrd. so‘mga ortishiga olib kelsa, multiplikator samarasi 
4 ga (20:5), SMMdagi o‘zgarish 20 mlrd. so‘mga (4x5) teng bo‘ladi. 
Investitsion sarflardagi o‘zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki 
eksportdagi o‘zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan,
iqtisodiyotda bir subyekt tomonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan 
daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o‘zgarish 
iste’mol va jamg‘arishda xuddi shunday yo‘nalishda o‘zgarish bo‘lishiga 
olib keladi. 
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagidan tashqari 
balans usulidan va «xarajat va natija»larni taqqoslash usulidan ham 
foydalaniladi. Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va 
ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib, iqtisodiyotdagi muvozanatlik 
darajasiga baho beriladi. 


 318
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga 
qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan 
taqqoslanib, muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Milliy iqtisodiyotdagi 
muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida mutanosiblik 
bo‘lishini taqozo qiladi. 
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari 
o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo‘lishidir. Bunda 
tenglik bo‘lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida 
bo‘lishi mumkin. 
Makroiqtisodiy jarayon g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali bo‘lgani 
sababli mutanosiblik turlari ham ko‘p va xilma-xil. Ularning barchasini 
umumlashtirib, mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish 
mumkin: 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling