Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1. Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy 
daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg‘arish fondi, 
iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi, aholining 
daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib 
ko‘rsatish mumkin.
2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvoza-
natini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. 
Mamlakat xalq xo‘jaligi juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat bo‘lib, 
ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan 
mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga 
aylantirilib, o‘z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarining ko‘pchilik qismi (paxta, g‘alla, pilla, sut va h.k.) 
sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga 
aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O‘z 
navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarining 
mahsulotlari xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari (qishloq xo‘jaligi, 
qurilish va h. k.)da unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga 
bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga 
sanoat bilan qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari 
o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi.
3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va 
milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi 
mutanosiblik orqali ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik 
alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va 


 319
iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo‘jaligining 
dehqonchilik va chorvachilik sohalari o‘rtasidagi mutanosibliklar va h. k. 
Shu bilan birga, ta’kidlab o‘tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy 
bo‘linmalar o‘rtasida ham bog‘liqlik bo‘lishi zarur. Masalan, sanoatning 
qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go‘sht 
ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida va boshqalar.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling