Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɉɡɨɞ ɜɚ ɨɛɨɞ ȼɚɬɚɧ, ɷɪɤɢɧ ɜɚ ɮɚɪɨɜɨɧ ԟɚɺɬ – ɩɢɪɨɜɚɪɞ
ɦɚԕɫɚɞɢɦɢɡ. Ɍ. 8. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2000. – Ȼ. 15.


 323
Bu, o‘z navbatida, boy tabiiy zaxiralarimiz, mineral xom ashyo, 
mehnat resurslarimiz, intellektual hamda ilmiy texnikaviy salohiya-
timizdan to‘liq va samarali foydalanishni taqozo etadi. Tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish mahalliy xom ashyo va tabiiy imkoniyatlar 
asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, 
nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan 
mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur.
Yangi bosqichda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, ularning 
iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirishga alohida e’tibor beriladi. Chunki, bu 
soha yangi ish joylarini yaratishning muhim omili bo‘lishi bilan birga, 
aholi turmush darajasining o‘sishi, uning rivojlanish darajasiga bog‘liq. 
3. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari.
Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda investitsiyaning ahamiyati 
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va shu bilan birga 
ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis
yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi.
Shu ayonki, har qanday jamiyatda o‘sib borayotgan ehtiyojlarni 
qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o‘sish yuz berishi kerak. 
Iqtisodiy o‘sish deganda, iqtisodiy ravnaq, ya’ni iqtisodiyotning dinamik 
rivojlanishi bo‘lib, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko‘payib borishini 
anglatadi. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab 
boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi. Iqtisodiy o‘sishni ikki darajada 
olib qarash mumkin.
Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o‘sish. Mikroiqtisodiy o‘sish firma, 
korxona va tarmoq miqyosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o‘sish 
yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga 
qarab aniqlanadi. Makroiqtisodiy o‘sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan 
mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy 
mahsulotning (YAMM) ko‘payishini bildiradi. YAMM hajmi iqtisodiy 
o‘sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu 
bilan birgalikda, iqtisodiy rivojlanish o‘z ichiga yuksalish va inqiroz 
davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‘zgarishlarini, ijobiy va salbiy 
tomonlarni olib, notekis boradi. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish 
qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri 
bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z 
ifodasini real YAMM (YAIM) hajmining va uning aholi jon boshiga 


 324
ko‘payishida topadi. Shuni aniq tasavvur qilish kerakki, mahsulotlar va 
xizmatlar g‘oyat xilma-xil bo‘lganidan ularning yagona moddiy o‘lchami 
bo‘lmaydi. Yagona o‘lcham vazifasini bozor narxi bajaradi. Qanday ish 
bajarilmasin, qanday mahsulot yaratilmasin, uning hajmi falon pulga teng 
deb hisoblanadi. Shu sababli YAMM ham ikki usulda hisoblanadi. 
Birinchi usulda xarajatlar jamlanadi, ya’ni barcha iste’molchilarning tovar 
va xizmatlarni sotib olishga sarflangan puli jamlanadi. Ikkinchi usulda 
tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul daromadlari jamlanadi. 
Iqtisodiy o‘sish esa, YAMMning real hajmi bilan o‘lchanadi. Gap 
shundaki, uning qiymat – pul shakli narxlarga bog‘liq. YAMMning 
moddiy hajmi o‘smasa-da, inflatsiya ta’sirida narx oshsa, uning qiymat-
pul miqdori ortib ketadi. Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan 
yondashilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda 
iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto 
cheklanish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan 
bo‘lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab 
chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‘ladi. Shu 
bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat 
o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi. Prezident Islom Karimov 
ta’kidlaganlaridek: «Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida gapirganda ... 
uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko‘rsatkichlariga ko‘proq e’tibor 
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘sishlar iqtisodiyotimizda 
yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun 
xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‘z bilan 
aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim». 
Shunday ekan, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling