Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini xarakterlovchi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini xarakterlovchi ko‘rsat-
kichlari ham mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar 
rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy 
daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar 
hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan 
xarakterlanadi: 
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya’ni uning 
unumdorligi; 
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi
c) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat; 
d) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslash-
tirilishi va kooperatsiyasi. 
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa 
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar 
bo‘yicha hisoblab chiqilgan YAMM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. 


 327
2-jadval 
O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti tarmoqlari bo‘yicha YAIM ulushining 
o‘zgarishi (joriy baholarda YAIMga foiz hisobida)
1
Tarmoqlar 1990-yil 
2000-yil 
2010-yil 
2011-yil 
Jami 100 
100 
100 
100 
Sanoat
17,6 14,2 24,0 24,1 
Qishloq xo‘jaligi
33,4 
30,1 
17,5 
15,5 
Qurilish
5,8 6,0 6,4 – 
Transport va 
aloqa 
5,2 7,7 12,4 – 
Savdo 4,5 
10,8 
9,0 
– 
Boshqa sohalar 
22,2 
18,7 
23,7 
– 
Sof soliqlar 
11,3
1
12,5 7,0 5,0 
Mahsulotlarga markazlashgan subsidiyalardan tashqari. 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. 
Bunda xalq xo‘jaligining yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab 
chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi nisbat ham o‘rganiladi. 
Investitsiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi, milliy iqtisodiyotdagi ko‘plab mutanosibliklar uning o‘sish 
sur’atiga bog‘liq bo‘ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish obyektlari qurish, stanok, uskuna va 
shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, 
ishga tushirish bilan bog‘liq sarflarni bildiradi. 
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko‘paytirishga, ishlab 
chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo‘yilmadir. U pul 
mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar 
ko‘rinishida amalga oshiriladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling