Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

4. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi. 
 Iqtisodiy inqirozlar 
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan 
mamlakatlar ham iqtisodiy o‘sishga hamda to‘liq bandlilik va narxlarning 
barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli 
iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik 
davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib 
turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan 
ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘ladi va 
bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklari keskin holatda namoyon 
bo‘lishidir.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy 
holatidan yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib 
turadigan to‘lqinsimon harakati tushuniladi. Sikl inqiroz, turg‘unlik, 
jonlanish, yuksalish fazalarini o‘z ichiga oladi. Ana shu fazalarning har 
biri rivojlanishi jarayonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga 
keladi. 
Inqirozli jarayonlar ishlab chiqarishning pasayishida namoyon 
bo‘ladi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir siklni nihoyasiga 
yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydi, yangisining 
boshlanishiga asos soladi, inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha 


 343
jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi. 
Inqirozdan keyin turg‘unlik keladiki, uning davomida iqtisodiy faollik 
jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. 
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-ko‘pmi darajada barqaror 
ishlab chiqarishning kengayishiga o‘tishni bildiradi. Ish bilan ta’minlanish 
darajasining ortishi va foydalarning tez o‘sishi jonlanishning yuksalish 
bosqichiga o‘sib o‘tishiga ko‘maklashadi. Yangi sikl yuksalishning 
boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo‘lgan 
talabning kengayishi, ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish 
haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga, 
to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‘z navbatida 
iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga 
jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida 
nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya 
tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. 
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi 
bo‘yicha keskin farqlanadi. Shu bilan birga, ularning hammasi bir xil 
fazalarga ega bo‘ladi va har xil tadqiqotchilar tomonidan turlicha 
nomlanadi. 
Iqtisodiy sikl chizmasi.
Yuqoridagi chizmada ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan 
iqtisodiy sikl ko‘rsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda 
to‘liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to‘liq yoki deyarli to‘liq 


 344
quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o‘sish tamoyiliga 
ega bo‘ladi, iqtisodiy faollikning o‘sishi to‘xtaydi. 
Tanazzul fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo 
narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Tanazzulning quyi nuqtasida 
ishlab chiqarish va bandlilik o‘zining eng past darajasiga erishishi bilan 
xarakterlanadi. 
Iqtisodiy inqiroz deb, ishlab chiqarish hajmining keskin tushib 
ketishiga aytiladi. Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab 
chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan
oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir 
qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab 
chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. 
Iqtisodiyotning tez o‘sish davrlari ko‘pincha inflatsiya, ya’ni narx 
darajasining ko‘tarilishi bilan orqaga ketadi.
Shunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va 
ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, ayrim hollarda narx 
darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‘sadi. Qisqacha 
aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, 
ham inflatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning 
asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va 
nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini 
o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish 
usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda 
namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif 
o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar 
ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Kapitalizmgacha bo‘lgan davrlarda ishlab chiqarishning keskin 
qisqarishi, odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki 
urushlar va ularning keltiradigan vayrongarchiliklari bilan bog‘liq 
bo‘lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgandan keyingi davrda 
vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tus beradi.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obyektiv 
xarakterini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi 
omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. Tashqi omillarga 
iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy 
takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar 
ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; 


 345
– oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining 
ochilishi; 
– ochiq iqtisodiyotning rivojlanishi (globallashuv jarayonlari) va bu 
bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining 
o‘zgarib turishi; 
– ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir 
bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli 
o‘zgarishlar. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling