Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Iqtisodiyotdagi tub islohotlar jahon inqirozining O‘zbekistonga salbiy 
ta’sirini bartaraf etishning asosidir. Shnudan kelib chiqib, Prezident 
Islom Karimov mamlakatimiz inqirozga qarshi turish uchun yetarli 
moddiy, insoniy va moliyaviy resurslarga ega ekanligini qayd etib, 
ulardan oqilona foydalanishga undaydi. 
O‘zbekistonda hozirgi vaqtda nafaqat inqirozning salbiy ta’sirini 
yumshatish ustida, shu bilan birga, inqiroz tugagandan keyin O‘zbekiston 
iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda 
maydonga chiqishi, jahon bozorida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizni 
egallash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini oshirish bo‘yicha 
jiddiy ish olib borilmoqda. 
2009-yilning boshida «2009–2014-yillarda ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha 
muhim loyihalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi» qabul 
qilindi. Bu dasturga binoan umumiy qiymati 41,4 milliard dollarga teng 
bo‘lgan 400 dan ziyod investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda 
tutilganining o‘zi bizning rejalarimiz naqadar ulkan va jiddiy ekanining 


 349
dalilidir. Shuningdek, O‘zbekistonning 2009–2012-yillarga mo‘ljallangan 
inqirozga qarshi dasturi inqiroz uzoq davom etishi va uning 
iqtisodiyotimizga ta’siri bir necha yilga cho‘zilishi mumkinligidan kelib 
chiqadi. Asosiysi, ushbu dastur inqiroz doirasidan chiqib, inqirozdan 
keyingi rivojlanishni ham qamrab oladi. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, 
dastur iqtisodiyotni davlat tomonidan faol inqirozga qarshi tartibga 
solishga asoslanadi va inqirozga qarshilik ko‘rsatishning ustuvor 
vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadiki, bu, o‘z navbatida, 
mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy va moliyaviy xavfsizligini ta’minlaydi. 
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq iqtisodiy 
jarayonlardagi tartibsizlikni yo‘q qilish yoki loaqal eng kam darajaga 
yetkazish uchun boshqariluvchi iqtisodiyotga o‘tish yo‘lini tanladi. 
Mamlakatdagi bozor islohotlari iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun 
bozorning o‘zini o‘zi tartibga solishi yetarli emas va shu bois, davlat 
tomonidan uni faol tartibga solish zarur, degan qoidadan kelib chiqdi. Shu 
bois, inqirozga qarshi dasturni amalga oshirishda davlat hal qiluvchi rolni 
bajaradi. Ayni vaqtda asarda davlat iqtisodiyotga ma’muriy yo‘l bilan 
emas, balki moliyaviy iqtisodiy dastaklar yordamida va o‘zining 
moliyaviy resurslariga tayanib ta’sir ko‘rsatishi kerakligi qayd etilgan. 
Uning amaliy ijrosi sifatida ustav kapitali 3,2 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan 
va kelajakda uning miqdori muntazam o‘sib boradigan O‘zbekiston 
Respublikasini Tiklash va rivojlantirish fondi tashkil qilinganligi barchaga 
ma’lum. Ushbu jamg‘arma «O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va 
taraqqiyot fondining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘ri-
sida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi 
PQ-350-sonli qarori bilan tashkil qilingan. 2009-yil 6-yanvarda esa 
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350-
sonli qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 1031-sonli 
Prezident qarorida fondning iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash
shuningdek tijorat banklarining investitsion faolligini kengaytirish 
dasturlarida ishtirokini takomillashtirish chora-tadbirlari nazarda tutildi. 
Shu bois, ushbu fond iqtisodiyotni faol tartibga solish va inqirozga qarshi 
dasturni moliyaviy ta’minlash vositasi hisoblanadi. 
Inqirozga qarshi dasturda iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy 
muammolarni hal qilishning ustuvor yo‘nalishlari ajratilgan. Unda inqiroz 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling