Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ.
ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ, ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɲɚɪɨɢɬɢɞɚ ɭɧɢ ɛɚɪɬɚɪɚɮ ɷɬɢɲɧɢɧɝ ɣʆɥɥɚɪɢ ɜɚ ɱɨɪɚɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2009. – Ȼ. 11. 347 olib kelishi mumkinligi davlatimiz rahbarining «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» asarida e’tirof etiladi. Chunki bu aholi turmush darajasining o‘sishini sekinlashtirishi mumkin. Inqiroz oqibatlarining jiddiyligini inobatga olgan Prezident Islom Karimov: «jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda» 1 , – deb uqtirgan. Inqirozga qarshi dasturda inqiroz oqibatida yuzaga kelgan ichki va tashqi iqtisodiy vaziyat yillar davomida xalqaro hamda milliy iqtisod va moliya, boshqaruvning turli bosqichlarida hayotiy tajribaga ega bo‘lgan davlat rahbari nigohida baholangan, inqirozning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirini bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan va tarixiy tajribada sinovdan o‘tgan amaliy takliflar berilganligini qayd etish lozim. Dastur mamlakatning ancha oshgan iqtisodiy salohiyatiga va so‘nggi yillarda iqtisodiyotda amalga oshirilgan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlarga asoslanadi. Ta’kidlash lozimki, mazkur dastur barcha mamlakatlar YAIMning moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida uzluksiz pasayib borayotganiga asoslangan. Biroq, 2009-yilda ekspertlarning bildirgan fikrlari ba’zi mamlakatlar, ayniqsa, Xitoy va Hindiston taraqqiyoti salbiy zonada bo‘lmaydi, ushbu mamlakatlar YAIM o‘sishining 7 foizdan 5 foizgacha bo‘ladi. Ayni vaqtda Yevropa Ittifoqi va AQSh YAIMning ko‘rsatkichlari YAIMning 2,5 foizdan 3 foizgacha pasayishi haqidagi taxminlar asosli bo‘lib chiqdi. Mamlakatimiz misolida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga xos sur’atlarda o‘sayotganligi e’tirof etilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati O‘zbekiston iqtisodiyotiga yuqori darajadagi investitsion faollikka olib keldi. Investitsiya jarayoniga milliy iqtisodiyotga xorijiy va avvalo bevosita investitsiyalarning o‘sishi xosligini quyida keltirilgan raqamlarda ko‘rish mumkin. Investitsiya dasturi va texnik jihatdan modernizatsiya qilish bo‘yicha tarmoq dasturlari doirasida 2009-yili 690 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Ularning 303 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu ayni chog‘da jiddiy faoliyat hisoblanadi. 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ, ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɲɚɪɨɢɬɢɞɚ ɭɧɢ ɛɚɪɬɚɪɚɮ ɷɬɢɲɧɢɧɝ ɣʆɥɥɚɪɢ ɜɚ ɱɨɪɚɥɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2009. – Ȼ. 36. 348 Istiqbolda, ya’ni 2010-yilda Investitsiya dasturiga muvofiq, kapital qo‘yilmalar o‘tgan yilga nisbatan 22,1 foizga ortib, yalpi ichki mahsulotning 30 foizini tashkil qiladi. Bunda birgina ishlab chiqarish sohasiga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshirish uchun barcha kapital mablag‘larning 75 foizdan ziyodi yo‘naltiriladi. 2009-yilda mamlakati- mizda muhim strategik loyihalarni amalga oshirish uchun 3 mlrd. AQSh dollaridan ziyod yoki o‘tgan yilga nisbatan 30 foiz ko‘p xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Bu esa mamlakatda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ishonchli mexanizmi yaratilganidan dalolat beradi hamda mamlakatda milliy iqtisodiyot o‘sishining omili bo‘lgan jamg‘arishning barqaror yuksak normasini saqlab turishga imkon beradi. Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bir paytda O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish muvaffaqiyatli kechayotganligini e’tirof etganlar. Iqtisodiyot muvaffaqiyatlari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning agrar xom ashyo yo‘nalishiga chek qo‘yish va iqtisodiyotda tayyor mahsulot ishlab chiqarish ulushini oshirishga imkon bergan tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu esa xom ashyoni chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishga asoslangandir. Bugungi O‘zbekiston iqtisodiyotiga industrial tarmoqlar va xizmat ko‘rsatish sohalari roli va ahamiyatining ortib borishi xosdir. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling