Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushun-
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Inqirozga qarshi dastur – iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlik sharti
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushun-
tiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillar tug‘diradi, deb hisoblaydi. Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni tug‘diruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Agar bir yoki bir necha tarmoqda, mashina-uskunalarga talabning keskin ortishi keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘sish boshlansa, to‘liq tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar eskiradigan har 10–15 yildan keyin takrorlanadi. Boshqa ichki omillardan quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi: – shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); – investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi; – ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi. Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko‘p ham to‘g‘ri emas. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin emas. 4.1. Inqirozga qarshi dastur – iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlik sharti Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturi tarixiy ahamiyatga ega hujjatdir, chunki unda milliy iqtisodiyotni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan himoya qilish, mamlakatimizni muayyan davrda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Tabiiyki, bu borada Prezidentning bundan bir yil oldin chop etilgan va hozirga kelib dunyodagi o‘nlab tillarga tarjima qilingan «Jahon 346 moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» asari muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti global xususiyatga ega bo‘lib, kichik yoki katta milliy iqtisodiyotlar majmuidan iborat. Ularning hammasi uzilmas rishtalar bilan bir-biriga bog‘liq va bir-birini to‘ldirib turadi. Hozirgi dunyoda ekstranaliyalar, ya’ni ijobiy yoki salbiy tashqi ta’sirlarga uchramagan iqtisodiyotlar yo‘q. O‘zbekistonning milliy iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi» 1 . Chunki bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi sifatida rivojlanib borayotgani va bu jarayon tobora kuchayib borishini yaxshi anglab olish darkor. Ushbu ta’sir tashqi bozorlarda narxlar tushishi tufayli u yerda tovarlarni sotishdan keladigan eksport daromadining kamayishida ko‘rinadi. Bu esa bozor hajmining torayishidan dalolat beradi va bu milliy iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari, eksportga yo‘naltirilgan korxonalarning foydasi va rentabelligi kamayishiga olib keladi. Bunday korxonalar mamlakatimizda ko‘p bo‘lib, shu bois eksport mamlakatning dollar hisobidagi YAIMning yarimidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Inqirozning chuqurlashuvi oqibatida eksport baholarining pasayishi O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’atlarining pasayishiga olib kelishi mumkin. Inqirozning bizga salbiy ta’siri boshqa yo‘nalishini xorijiy investitsiya va kreditlarning kamayishi tashkil qilishi mumkin, chunki kapital eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyoti o‘zgarishlarga uchrayotgan sharoitda investitsiyalarning aksariyat qismi o‘z mamlakatiga yoki iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarga kiritiladi. Mamlakatimizga tashqi ta’sirlarning kamayishi jamg‘armalarda keskinlik keltirib chiqarishi mumkin, chunki iqtisodiyot o‘sishining zarur sur’atlarini saqlab turish uchun milliy jamg‘armalar ulushini ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi, bu esa daromadlar ichida iste’mol ulushining kamayishiga olib kelishi mumkin. Demak, kelib chiqqan inqiroz nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy talafotlarga ham 1 Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling