Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 2009-yil yakuni bo‘yicha qurish va ta’mirlash ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlar Hajmi
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining
umumiy uzunligi Yo‘l turlari Uzunligi, km Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari 42530 Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari 61664 Xo‘jalik avtomobil yo‘llari 79367 shu jumladan: – ichki xo‘jalik yo‘llari 67274 – korxonalarga qarashli yo‘llar 12093 Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining 51 foizi mahalliy ahamiyatdagi, 40 foizi davlat ahamiyatidagi va 9 foizi xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar hisoblanadi. 339 O‘zbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari: – mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar – 21995 km (51 foiz). – davlat ahamiyatidagi yo‘llar – 16909 km (40 foiz); – xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar – 3626 km (9 foiz). O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 2009-yil yakuni bo‘yicha qurish va ta’mirlash ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlar Hajmi mlrd.so‘m 2008-yilga nisbatan foiz Jami bajarilgan ishlar 370,6 118,7 Investitsiya dasturi 114,4 104,8 Mukammal va o‘rta ta’mirlash 177,2 126,1 Joriy ta’mirlash va saqlash ishlari 63,2 117,3 Yo‘l ta’mirlash texnikalari va jihozlar xarid qilish 15,8 160,9 Yo‘l-qurilish texnikasini sotib olish uchun Osiyo taraqqiyot bankining umumiy qiymati 56 million dollarga teng bo‘lgan imtiyozli kredit resurslari jalb etildi. Mamlakatimiz temir yo‘l transport tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirildi. «Toshg‘uzor– Boysun–Qumqo‘rg‘on» yangi temir yo‘l tarmog‘ida Yaponiya kapitali ishtirokida 5 ta ko‘prik foydalanishga topshirildi. «Navoiy–Uchquduq– Sulton Uvaystog‘–Nukus» temir yo‘l tarmog‘ining 6 ta yangi razyezdi ishga tushirildi. Temir yo‘llarni elektrlashtirish, temir yo‘l lokomotivlari parki va harakatdagi tarkibni yangilash loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi. Mamlakatimizning barcha hududlarini ishonchli ravishda bog‘- laydigan, mintaqaviy va jahon bozorlariga chiqishni ta’minlaydigan O‘zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini jadal amalga oshirish biz uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 2012-yilda 517 kilometrlik avtomobil yo‘llari, ikkita yirik transport bog‘lamasi, 544 pogon metr ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun Respublika yo‘l jamg‘armasidan 360 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi, o‘tgan yilga nisbatan 12,5 foiz ko‘p mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. O‘zbek milliy avtomagistralini modernizatsiya qilish nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan 340 strategik ahamiyatga ega ekanini inobatga olgan holda, ushbu loyihani amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Arab Muvofiqlashtirish guruhi a’zolari singari xalqaro moliya tuzilmalari faol ishtirok etmoqda. Mazkur tashkilotlar tomonidan 742 kilometrlik avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, yo‘l qurilishi bo‘yicha zamonaviy texnika sotib olish uchun 1 milliard 400 million dollarga yaqin imtiyozli kreditlar ajratildi. Faqat 2012-yilning o‘zida ushbu maqsadlar uchun 109 million dollar miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirish, 165 kilometr sement-beton qoplamali yo‘llarni foydalanishga topshirish, jumladan, Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan yo‘lni qayta ta’mirlash mo‘ljallanmoqda. «O‘zavtoyo‘l» davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ajratilayotgan mablag‘larni samarali o‘zlashtirish hamda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan belgilangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz bajarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish vazifasi topshiriladi. Temir yo‘llar kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish, Maroqand – Qarshi va Qarshi – Termiz temir yo‘l uchastkalarini elektrlashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish zarur. Shu bilan birga, Toshkent – Samarqand temir yo‘l tarmog‘i uchastkasida obodonlashtirish ishlarini davom ettirish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlarining ishonchli va xavfsiz qatnovini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish darkor. «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqishi va tasdiqlatishi, ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashi lozim. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling