Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida barqarorlikka
erishayotgani haqida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi xulosa va qoidalarni alohida ta’kidlagan edi: 1 birinchidan, bozor (talab va taklif) hamma narsani hal qiladi, degan tamoyildan kelib chiqqan holda, bozor munosabatlariga sajda qilaverish mumkin emas. Hayot tajribasi shuni necha bor ko‘rsatdiki, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni boshqarish, murakkab vaziyatlardan chiqib ketish uchun ustuvorliklar tanlashda davlatning rolidan foydalanish (bozor, kuchlilar yengadi, degan Darvin tamoyiliga amal qilishini e’tiborga olgan holda), aholining ko‘pchilik qismi manfaatlarini ifodalovchi davlatning rolini, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan milliy strategiyaning o‘rnini hech kim va hech narsa bosa olmaydi; 1 ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2009. – 22 ɦɚɣ. 352 ikkinchidan, bugungi kunda so‘nggi 15–20 yil davomida muayyan holatlar sababli uglevodorod xom ashyosi va umuman, mineral xom ashyosi narxlarining keskin o‘sib ketishiga qaram bo‘lgan mamlakatlar, ayniqsa, mushkul ahvolga tushib qoldi, boshqacha aytganda, ular o‘zlari bilmagan holda jahon biznesining chayqovchilik bilan shug‘ullanuvchi ayrim doiralari tomonidan sun’iy ravishda shishirilgan «narx pufaklari»ga haddan ziyod bog‘liq bo‘lib qoldi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatida ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan mamlakatlar bugun shuni tan olmoqdaki, ushbu jarayonda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni muntazam yangilash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish rivojlanishning asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan va bu tamoyilga amal qilayotgan davlatlar yuksak muvaffaqiyatlarga erishadi. Ana shu omilning ahamiyatini teran anglash va ushbu muhim ustuvorlikni amalga oshirish borasida doimiy, tizimli va puxta o‘ylangan ish yuritish – bu har qanday sharoitda, eng murakkab holatlarda ham muvaffaqiyatga erishishning kaliti bo‘lib qolaveradi; uchinchidan, bizningcha, yigirma yetakchi davlat ishtirokida London- da bo‘lib o‘tgan uchrashuvning eng muhim yutuqlaridan biri shundaki, muzokaralar jarayonida oddiy bir haqiqat bilan ifodalanishi mumkin bo‘lgan oqilona yondashuv ustuvorlik qildi. Ya’ni, avval jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tufayli vujudga kelgan yong‘inni o‘chirish kerak, shundan so‘nggina o‘z umrini yashab bo‘lgan Bretton-Vud tizimi va uning institutlaridan yangi moliya-bank tizimiga, uni boshqarish tamoyillariga o‘tish modelini shakllantirish, yangi moliyaviy mexanizmlarni qabul qilish kerak. Darhaqiqat, e’tirof etish lozimki, O‘zbekistonda inqirozning dastlabki belgi-alomatlari paydo bo‘la boshlashi bilan sergak bo‘lib, iqtiso- diyotimizdagi real ahvol va sharoitlarni hisobga olib, bu masala bo‘yicha zarur tayyorgarlik ko‘rganimiz, o‘z vaqtida ehtiyotkorlik bilan ish tutib, keng ko‘lamli dasturlarni qabul qilgani bugungi murakkab sharoitlarda Vatanimizning iqtisodiy negizlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bu borada ko‘rilgan va ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari quyidagilar: • iqtisodiyotimiz real sektorining yukini yengillashtirish; • soliqlarni kamaytirish va davlat tomonidan yordam berish; • ishlab chiqarish sohasini ichki bozorning talab va ehtiyojlarini qondirish uchun qaratish; 353 • iste’mol tovarlarini tayyorlaydigan tarmoqlarga, kichik biznes va tadbirkorlik, fermerlik harakatiga keng yo‘l ochish va qo‘shimcha imtiyozlar berish; • qishloq xo‘jaligi sohasini, qishloq taraqqiyotini mamlakatimiz rivojining yetakchi kuchi sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarishga alohida ahamiyat berilganligi; • eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni har tomonlama rag‘bat- lantirish, ularning soliq yukini keskin kamaytirish, mahsulotini realizatsiya qilish uchun bozorlarni yanada kengaytirish; • ijtimoiy infratuzilmani, jumladan, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi tarmoqlarini; • xizmat sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarda yangi qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish va shularning hisobidan biz uchun o‘ta dolzarb vazifa bo‘lgan yangi ish o‘rinlarini barpo etish masalalari e’tiborimiz markazida bo‘lganligi; • joriy etilayotgan dasturdan eng katta o‘rin olgan asosiy maqsad- larimizdan biri mamlakatimizning moliya-bank, kredit tizimini yanada mustahkamlash, ularning real sektorga ijobiy ta’sirini kengaytirish; • xorijiy investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni yurtimizga olib kelish uchun kerakli sharoit tug‘dirib berish va rag‘batlantirish masalalaridir. Bugungi kunga kelib taraqqiyot imkoniyatlarimiz kengayib, ham iqtisodiy, ham ma’naviy yuksalish yuz bermoqda. Yurtboshimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida ta’kidlan- ganidek, «Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni o‘zimiz uchun asosiy mezon, deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og‘ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo‘lgan muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bozor iqtisodiyoti hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi, degan yengil-yelpi qarashga itoat qilib, faqat moddiy boylik ortidan quvish – xalqimizning azaliy orzu-intilishlariga ham, insoniylik bilan yo‘g‘rilgan milliy qadriyatlarimiz mohiyatiga ham to‘g‘ri kelmas edi. Shu bois islohotlarni amalga oshirishda ma’naviyat va iqtisodiyot bir-birini inkor etmaydi, aksincha, bir-birini quvvatlab, o‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi, degan qoidani o‘zimiz uchun dasturilamal sifatida belgilab oldik» 1 . 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɘɤɫɚɤ ɦɚɴɧɚɜɢɹɬ – ɟɧɝɢɥɦɚɫ ɤɭɱ. – Ɍ.: «Ɇɚɴɧɚɜɢɹɬ», 2008. 354 Haqiqatan ham, iqtisodiy omillarning ma’naviy omillar bilan uyg‘un va hamohang ravishda hayotga tatbiq etilgani, ya’ni havoyi gaplarga berilmasdan, vaziyatni har tomonlama chuqur tahlil etib, ertangi kunni o‘ylab, fikr-mulohaza yuritib, eng maqbul taraqqiyot yo‘li tanlab olingani va og‘ir-vazminlik bilan siyosat olib borilgani yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘l bo‘lgani hozirgi murakkab davrda amalda tasdiqlanmoqda. Iqtisodiyotni isloh etish va modernizatsiya qilish borasida qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida iqtisodiy mezonlar bilan birga, kelgusida bu o‘zgarishlar xalqimizga nima beradi, degan ma’naviy mezonlar ham e’tiborga olinmoqda. Murakkab sharoitlarga qaramasdan, O‘zbekistonda ijtimoiy xavfsizlik tadbirlariga katta e’tibor qaratilmoqda. G‘arb mamlakatlarida inqirozli davrlarda inson taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy tadbirlar uchun xarajatlarni kamaytirayotgan bir paytda bundan farqli ravishda O‘zbekistonda ijtimoiy sohalarga alohida e’tibor berilmoqda. 2013-yilda yalpi ichki mahsulotning 60 foizi ijtimoiy tadbirlarga ajratilishi rejalashtirilgan. Bugun jahonda, yaqin va uzoq atrofimizda bo‘layotgan keskinlashuv holatlari, umuman, butun dunyoda saqlanayotgan xavf-xatar va qarama- qarshiliklar, shular qatorida avvalo xalqaro maydonda davom etayotgan moliyaviy inqirozning o‘zi bizni yanada sezgir, hushyor va ogoh bo‘lishga va o‘z vaqtida tegishli xulosalarni chiqarishga da’vat etadi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida samarali mehnat qilishga undaydi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling