Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar
- TOVAR-PUL MUNOSABATLARI VA
Intellektual elita – asosiy belgisini asosan intellektual mahsulotlar
yaratish negizida amalga oshiradigan individual kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil qiladigan ijtimoiy sinf. Takror ishlab chiqarish proporsiyalar – ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayrim qismlari, unsurlari va kichik tizimlarining muayyan nisbati. Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyotning amal qilish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Makroiqtisodiyot eng avvalo milliy ishlab chiqarish ko‘lami, bozor tizimi dinamikasi va muvozanati, ishsizlik va inflatsiyaga doir masalalarni o‘rganadi. Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakat ichida yuz beradigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bunda firmalar, xonadonlar va davlat ishtirok etadi. Hozir dunyoda 210 dan ziyod milliy iqtisod mavjud. Milliy iqtisodiyot mamlakat mustaqilligining tayanchi hisoblanadi. Chunki u mustaqillikni moddiy jihatdan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakatda yaratilgan tovar va xizmatlar, to‘plangan moddiy va nomoddiy boylik shu mamlakatga qarashli bo‘lishini, ya’ni milliy mulkchilik mavjudligini bildiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotning holatini, faoliyat yuritish va natijalarini ifodalaydi. Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakat chegarasida yuz beradigan faoliyat bo‘lib, tabiatan makroiqtisoddir. Makroiqtisodiy aylanma jarayonida real va pul sektorlari yuzaga keladi, bunda resurslar, tayyor mahsulot va xizmatlar pulga ayirboshlanadi. Makroiqtisodiy faoliyat natijasida yalpi ichki mahsulot (YAIM) yaratiladi. 357 Yalpi ichki mahsulot (YAIM) ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy natijasi bo‘lib, uning qiymati yil davomida mamlakat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yaratgan mahsulot va xizmatlarning bozor narxidir. YAIM real va nominal mahsulotdan iborat. Iqtisodiy o‘sish real mahsulotning ko‘payishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi uchun makroiqtisodiy muvozanatlar ta’minlanishi shart, bular jumlasiga yalpi talab va yalpi taklif, daromadlar va xizmatlar, iste’mol va jamg‘arish, nihoyat tovar-pul muvozanatlari kiradi. YAMM (YAIM) hajmini aniqlashda unumsiz bitimlar hisobga olinmaydi. Unumsiz bitimlar davlat budjetidan beriladigan transfert to‘lovlari (nafaqa, stipendiya), dotatsiyalar, subsidiyalar hamda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlarning harakatidir. 13-MAVZU. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI VA Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling