330
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni
modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan
loyihalarni amalga oshirish,
birinchi navbatda, ishlab chiqarish
infratuzilmasini shakllantirishda 2006-yilda tashkil etilgan, bugungi
kunda 3 milliard 200 million AQSh dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga
ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi
faoliyatiga katta ahamiyat berildi. Mamlakatimiz bo‘yicha investitsiya
dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 250 milliard so‘mlik asosiy
fondga ega bo‘lgan jami 423
ta obyekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida
145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, yengil va to‘qimachilik
sanoatida 65 ta, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-
kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog‘ida 8 ta obyekt ishga
tushirildi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining dastlabki
2009-yili davomida nihoyasiga yetkazilgan strategik loyihalar
Loyiha obyekti
Loyihaning qisqacha mazmuni
«Farg‘onaazot» korxonasi
«Maksam-Chirchiq» korxonasi
Ammiak agregatlarini rekonstruksiya
qilish
Namangan shahridagi yengil
avtomobillar uchun butlovchi qismlar
ishlab chiqarish
zavodi
Yengil avtomobillar uchun fara va
chiroqlar ishlab chiqarish
Buxoro shahridagi «DEU tekstil»
to‘qimachilik majmui
Paxta tolasini qayta ishlash asosida
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab
chiqarish
«Gazli» qo‘shimcha kompressor
stansiyasi
«Qo‘ng‘irot» kompressor stansiyasi
Gaz mahsulotlarini iste’molga
tayyorlash va ishlov berish jarayonlarini
ta’minlash
Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-
Xitoy transmilliy magistral gaz quvuri
Turkmanistondan O‘zbekiston hududi
orqali Xitoyga o‘tadigan
gaz quvurini
tortish ishlari
«Yangi Angren-O‘zbekiston» LEP-500
elektr uzatish tarmog‘i
«G‘uzor-Surxon» yuqori voltli elektr
uzatish tarmog‘i
Mamlakat hududlarini elektr energiyasi
bilan ta’minlash
«Ohangaron-Pungon» magistral gaz
quvuri
Mamlakat hududlarini
tabiiy gaz bilan
ta’minlash
Bundan tashqari, hududlarimizda, avvalo, qurilish materiallari
sanoati, oziq-ovqat, yengil sanoat va boshqa tarmoqlarda kichik biznes
331
sohasida faoliyat olib boradigan 480 dan ortiq
yangi ishlab chiqarish
korxonalari tashkil etildi. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xalqimiz
farovonligini oshirishda mamlakatimiz hududlarida ishlab chiqarish
hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida
mamlakatimizda yagona elektr va gaz tarmog‘i tizimlarini tashkil etish
ishlari asosan yakunlandi. Bu esa Farg‘ona vodiysi va O‘zbekiston
janubida yashaydigan aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan
ishonchli ta’minlash, shuningdek, elektr energiyasi eksport
qilishni
sezilarli ravishda oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: