Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Transport logistikasi – muayyan moddiy buyumlar, yuklar va
boshqalarni bir joydan boshqa bir joyga optimal yo‘nalish bo‘yicha yetkazib berish, tashishni tashkil etish tizimi. XXI asrda kommunikatsiya tizimining ahamiyati, uning iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishdagi o‘rni barchamizga ma’lum. Zero, jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayishi, xalqaro maydonda tovar va xizmatlar ayirboshlash, turli jabhalardagi hamkorlikning tobora kengayib borishi bugungi kunda yuqori texnologik telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirishni muhim strategik vazifaga aylantirdi. Prezident Islom Karimov «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsep- siyasi» nomli 2010-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida: « Barchamizga ayonki, mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida, ya’ni 1991- 342 yildan 2000-yilgacha bo‘lgan davrda ulkan o‘zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e’tiborimiz markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit yaratishga» qaratilgani haqida gapirib, «shu borada qabul qilingan o‘ta muhim qonun va normativ hujjatlar qatorida «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida», «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi qonunlarni qayd etish mumkin»ligini ta’kidladi. Shuningdek, davlatimiz rahbari Islom Karimov «O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni hayotning o‘zi taqozo etayotganligi»ni uqtirib, «Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida», «Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida»gi va boshqa yangi qonunlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling