Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Uy xo‘jaliklarining iste’molchilik sarflari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsion sarflar
Uy xo‘jaliklarining iste’molchilik sarflari. Bu kundalik tovarlarga,
xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir. 303 Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg‘arishga qiladigan sarflardir. Investitsion sarflar acocan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, yskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; c) zaxiralarning o‘zgarishi. Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq, qurilishlarning uning tarkibiga kiritilishi, o‘z- o‘zidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki g‘alla ombori qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM tarkibiga zaxiralarining ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda, YAIM o‘z ichiga yil davomidari zaxiralar va ehtiyojlar barcha o‘sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning by o‘sishi YAIMra joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rcatkichi sifatida qo‘shiladi. Zaxiralar kamayganda, u YAIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zaxiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko‘proq mahsulot sotilganini bildiradi. Boshqacha aytganda, jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan zaxiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi. Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va «ichki investitsiyalar» tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. Yalpi investitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash so‘mmasidan va investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan «sof xususiy ichki investitsiyalar» tushunchasi joriy yil davomida qo‘shilgan investitsion tovarlar so‘mmasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya (shu yili ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital hajmi) o‘rtasidagi nisbat, iqtisodiyot yuksalish, turg‘unlik yoki tanazzul holatida joylashganligini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkich (indikator) hisoblanadi. Yalpi investitsiyalar amortizasiyadan ortiq bo‘lsa, iqtisodiyot yuksalish bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o‘sadi. 304 Turg‘un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng bo‘lgan vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda YAIMni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan vositalarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda asosiy kapital ishlab chiqarishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof investitsiyalar taxminan nolga teng bo‘ladi, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymaydi. Yalpi investitsiyalar amortizasiyaga qaraganda kam bo‘lsa, ya’ni iqtisodiyotda ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko‘proq iste’mol qilinca, noqulay vaziyat vujudga keladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotda investitsiyalarning qisqarishi po‘y beradi. By yil oxirida kapital hajmi boshida mavjud bo‘lgandan kam bo‘lib qolishiga olib keladi. Masalan, «Buyuk turg‘unlik» davrida, aniqrog‘i 1933-yil AQShda yalpi investitsiyalar hammasi bo‘lib 1,6 mlrd. dollarni, yil davomida iste’mol qilingan kapital – 7,6 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Shunday qilib, investitsiyalarning sof qisqarishi 6 mlrd. dollarga teng bo‘lgan. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling