Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Marketing strategiyasi – marketing vazifalarini bajarish uchun
tashkilot, korxona, firmaning qo‘llanma sifatida foydalaniladigan samarali mantiqiy qurilmasi, uzoq muddatga mo‘ljallangan rejasi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident Islom Karimovning «1995- yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 1996-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning kelajak yo‘llari» mavzuidagi ma’ruzasidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi 1996-yil 7-martda qaror qabul qilgan. Ushbu qarorda Davlat Istiqbolstat qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi respublikada sohalar va korxonalar darajasida ishlab chiqarilayotgan tovarlar ichki va tashqi bozori konyukturasining talab va taklifini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish mexanizmini tayyorlash belgilangan edi. Shu asosda barcha vazirliklar, konsernlar, korporatsiya, assotsiatsiyalar, firmalar va tashkilotlarga marketing tadqiqotlari o‘tkazish asosida har bir korxona faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, raqobatdosh mahsulot ishlashga o‘tkazish uchun chet el sarmoyalarini jalb etib, ularning texnika va texnologiyasini yangilash dasturini ishlab chiqishga aniq muddatlar belgilanib, uning ijrosi o‘tgan davr mobaynida ta’minlandi. Marketing bozor iqtisodiyotining muhim unsuri bo‘lib, uzoq va qisqa vaqtlarga mo‘ljallangan maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi, ularda xaridorlarni va raqobatchilar o‘rganish asosida tovarlar sifatini yaxshilash, tovar narxini o‘zgartirish, reklama o‘tkazish, tovarlarga talab chiqarish, tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib turish, xaridorlarga ma’qul tushadigan xizmat ko‘rsatish kabi chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Ishlab chiqarish marketing yordamida g‘oyat tez o‘zgarib turadigan bozor talabiga moslashadi va samaraga erishadi. Tovar ishlab chiqaruvchilar marketing tufayli bozor bilan uzviy bog‘lanadilar, ishlab chiqarish manbalarini bozortalab qilib yaratishga qaratadilar, sohibkorlik ishlarini rejalashtiradilar. Marketingning asosiy qoidalari: 1) tovar ishlab chiqarishda xaridorning aniq ehtiyojlari va korxona imkoniyatlarini hisobga olish; 2) xaridorning talab-ehtiyojlari to‘la qondirilishi, bo‘lg‘usi talablarni nazarda tutish; 3) mo‘ljallangan bozorda tovarlarni aytilgan vaqtda va belgilangan miqdorda samarali sotish; 286 4) yangi turdagi tovarlarni o‘zlashtira borib, korxonaning uzoq davr mobaynida samarali ishlashiga erishish; 5) korxonaning ishlab chiqarish yo‘nalishlari, tutgan yo‘li bozor sharoitiga, xaridor talabiga moslashishi bilan bir qatorda talabga ta’sir etish. Marketing faqat bozordagi talab-ehtiyojni qondirish vositasigina bo‘lmay, balki ishlab chiqarish samarasining ham yuqori bo‘lishiga qaratiladi. Shu sababli korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish katta ahamiyatga ega. Marketingni boshqarish – foydali aloqalarni o‘rnatish va ularni mustahkamlash maqsadida tahlil qilishni, rejalash- tirishni va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etishdir. Marketing vertikal tizimi – bozorning turli qismlarida (sigmentlarida) har qism uchun alohida ishlab chiqilgan rejalar bilan amalga oshiriladigan marketing siyosati. Marketing muhiti – korxona, firmadan tashqarida, ularning marketing xizmati bo‘limlarining muvaffaqiyatli ish yuritishini ta’minlovchi kuchlar va xodimlar birligi. Marketing ma’lumot tizimi – marketing sohasida ish ko‘ruvchi uchun yig‘ilgan, muvofiqlashtirilgan, o‘z vaqtida tayyorlangan, dolzarb ma’lumotlar yig‘indisi. Marketingning rivojlanish darajalari nazariy asosini iste’molning qonuniyatlaridan topishimiz mumkin. Aholi birlamchi talabini qondirish – kundalik oziq-ovqatlar va eng zaruriy nooziq-ovqat mollari xarid qilish ularni ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uchun ko‘p muammolar tug‘dirmaydi. Ammo aholi daromadlari o‘sib borishi, iste’molchilarning ikkilamchi talabiga muvofiq, ust-bosh kiyim va uy-ro‘zg‘or tovarlarini ishlab chiqarish hamda sotishni tashkil etish birmuncha yuqori saviyani talab etadi. Iste’molchilar talabining uchinchi bosqichi – hayot kechirishini yuqori darajaga ko‘tarish (qulaylik va yuksak xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq zamonaviy uy-ro‘zg‘or, texnik, dam olish, sport, qimmatbaho kiyimlar, mashina va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga o‘tilishi marketingning ham tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi haqiqiy konsepsiyasiga aylanishi bilan chambarchas bog‘liq. Chunki har bir mamlakat, shu jumladan O‘zbekistonda ham iqtisodiyotning rivojlanishida aholi iste’mol darajasi o‘sib borishining yuqoridagi bosqichlaridan o‘tiladi va unga muvofiq bozorning asosiy qonuni – «Talab va taklif» mutanosibligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlar izlanadi. 287 Marketing esa, ilm-fan sifatida milliy, mintaqaviy va jahon bozorlarida «Talab va taklif» o‘rtasida muvozanat o‘rnatishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Marketing faoliyati ishlab chiqarilayotgan tovarlarning yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turiga qarab quyidagi bozorlarda olib boriladi: 1) iste’mol tovarlari bozori aholining shaxsiy ehtiyojini qondiruvchi va hayot uchun zarur bo‘lgan jihozlar, mahsulotlar oldi-sotdi munosabatlari majmuini o‘z ichiga oladi. Bu bozorning subyektlari: ulgurji savdo bazalari, do‘konlar, oshxona, choyxona, dorixona va shu kabi chakana savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi shoxobchalar hisoblanadi; 2) xizmatlar bozori – aholiga maishiy, maorif, tibbiy, texnik, kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha oldi-sotdi munosabatlarini ifodalaydi; 3) ishlab chiqarish vositalari bozorida sanoat korxonalari, agrofirma va xalq xo‘jaligining qolgan barcha tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan dastgoh, jihoz va butun kerakli tovarlar oldi-sotdisi tashkil etiladi. Bu bozorni bizning mamlakatda «O‘zulgurjibirjasavdo»si tizimi miqyosida tashkil etiladi; 4) sarmoyalar bozori birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo‘linadi. Birlamchi birjalarda qimmatbaho qog‘ozlar egalari qatnashadilar. Ikkilamchida esa ular qayta savdoga qo‘yiladi. Bozorni harakatga kelti- ruvchi asosiy omillar talab, taklif va baho hisoblanadi. Agar bozor muvozanati, ya’ni talab va taklifning miqdoriy va tarkibiy jihatdan bir- biriga muvofiqligi ta’minlangan bo‘lsa, bu holatdan taklif sohibi ham talab egasi ham o‘zlarining maqsadlariga erishadilar (1-chizma), taklif qiluvchi o‘z tovarini muvozanatni ta’minlovchi bahoda sotayotganidan manfaatdor, talab egasi ham ushbu muvozanatni ta’minlovchi S bahoda olganidan manfaatdordir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling