Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intizomiy javobgarlik
- Ma’muriy javobgarlik
- 2. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari
Moddiy javobgarlik korxona va tashkilotlar, shuningdek, ayrim
mansabdor shaxslar zimmasiga xo‘jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatiladigan mas’uliyatdir. Moddiy javobgarlik jarimalarda, penyalarda, ya’ni aybnoma (neustoyka) ko‘rinishlaridan biri. Moliya va to‘lov intizomini buzuvchilarga, shuningdek shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddatini kechiktirib yuborganlarga qarshi pul jarimasi shaklida qo‘llaniladigan jazo chorasidir. «Neustoyka» – burdsizlik (lafzsizlik) to‘lovi, ya’ni majburiyatlar (shartnomalar, qonunlar) bajarilishini ta’minlash usullaridan biri. Qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagani uchun kreditorga to‘laydigan pul summasi. Intizomiy javobgarlik – xizmat burchlarini buzish, suiiste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Bunda jazo quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: 278 tanbeh; hayfsan; muayyan muddatga maoshi pastroq ishga o‘tkazish; muayyan muddatda pastroq vazifaga, lavozimga o‘tkazish va hokazo. Ma’muriy javobgarlik – bu yuridik javobgarlik turi bo‘lib, vakil qilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonunbuzarlik qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo‘llashida ifodalanadi. Bunday jazolar turli-tuman sanksiyalarda – nachyotlar (qaytarib olinishi lozim bo‘lgan xarajat), jarimalar va boshqa ko‘rinishda bo‘ladi. 2. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy prinsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘lgan. Ammo Amir Temur hukmronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning «Temur tuzuklari» asari yorqin misol bo‘la oladi. «Temur tuzuklari» jahonga mashhur asardir. Uning qo‘lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Fransiya, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Armaniston, O‘zbekiston va boshq.) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qism Amir Temurning davlat barpo etish, uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo‘shin tuzish borasida tatbiq etgan «tuzuklari» va rejalaridan iborat bo‘lib, unda hatto qo‘shinning jangovar saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko‘rsatib berilgan. Asar o‘n uch qism (kengash)dan iborat. Uning ikkinchi bobida sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo‘shin tuzish va dushman lashkarini yengish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari ifodalangan. Muallifining fikricha, har qanday toj sohibi davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim. Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlardagi noiblarning roli benihoya katta bo‘lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalariga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular sohibqironning fikricha, sadoqatli, axloqan pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo‘lishi zarur. Temurning fikricha, masalan, vazirlar to‘rt sifatga ega bo‘lishlari shart: 1) 279 asillik, toza nasllik va ulug‘vorlik; 2) aqlu farosatlilik; 3) sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga yaxshi muomalada bo‘lish; 4) sabru bardoshlilik, muloyimlik. «Tuzuklar»da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Temur o‘z davlatini – bir uchi Chin va ikkinchi uchi Shom hududida bo‘lgan ulkan mamlakatni bor-yo‘g‘i yetti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular quyidagilar (1-jadval): 1-jadval Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling